21:08 / 21.12.2017
11 825

Munajjimlar bashorati: 22 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 22 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Kuningizning yarmi xotirjamlikda o‘tadi. Ammo kunning ikkinchi yarmida o‘zingizni yomon his eta boshlashingiz kutiladi. Ishga nisbatan mas’uliyat bilan yondosha olsangiz, albatta muddatidan oldin yakunlaysiz. Yaqinlaringizga ham jiddiy munosabatda bo‘ling, ularning hech birini e’tibordan chetda qoldirmang. Ayniqsa, qaysidir biriga va’da bergan bo‘lsangiz, va’dangizning ustidan chiqishingiz zarur. O‘zingizni ehtiyot qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
22 dekabr kuni hech kim bilan, hech narsa bilan qiziqmas kayfiyatda bo‘lasiz. Faqat o‘z manfaatlaringiznigina ko‘ra boshlaysiz. To‘g‘ri qilasiz. Avval o‘z muammolaringizni ijobiy hal etib olishga haqlisiz. Taqdirdan katta sovg‘alar kutib ovora bo‘lmang, yaxshisi boriga shukr qiling va shaxsiy hayotingizni yanada mustahkamlash harakatida bo‘ling. Oila qurmaganlar kechqurun romantik uchrashuvni boshdan kechirishadi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Bugungi kun barcha istak va orzularingizga qarama-qarshi tarzda kechishi mumkin. Ammo qo‘l qovushtirib o‘tirishingiz ham to‘g‘ri bo‘lmaydi. Vaziyatga moslashish taraddudida bo‘ling. Kerak bo‘lsa, chegaradan chiqing. Oilasizlar uchun muhabbat va romantika eshiklari katta ochiq. Kechqurun eng yaqin do‘stlardan biri sizga quvonchli xabar aytib kayfiyatingiz chog‘lanishiga sababchi bo‘ladi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
22 dekabrda o‘zingizga tashqaridan bir razm solib qo‘ysangiz, ziyon qilmasdi. Bu ishda va hayotda jiddiy xatoliklarga yo‘l qo‘ymasligingiz uchun turtki vazifasini o‘taydi. Daromad mo‘may bo‘lishini xohlasangiz, ishdan qochmang. Zimmangizga yuklangan barcha vazifalarni to‘liq ado eting. Biroq yangi rejalarni boshqa kunga qoldiring. Atrofdagilar bilan diplomatlarcha munosabatda bo‘ling. Salomatligingizdan bugun shikoyatingiz bo‘lmaydi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Kun davomida keragicha muvaffaqiyatlarga erishishingiz kutiladi. Jamiyatda o‘z hurmatingizga ega bo‘lish uchun yelib-yugurasiz. Bu yugurishlar natijasiz qolmaydi albatta. Kunning ikkinchi yarmida kimdir sizga bekitiqcha fitna uyushtirishi kutilmoqda. Sergaklikni qo‘ldan bermang. Salomatligingizni erinmasdan kun bo‘yi nazorat qila boring. Kechqurun zinhor olis safarga otlanmang. Muvaffaqiyatsizlikka uchrashingiz ehtimoli bor.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
22 dekabrda hamkasblarni tanqid ostiga olishingiz, rahbariyat bilan bahslashishingiz sizga faqat ziyon keltirishi mumkin. Shuning uchun aksini qiling. Muloyimlik bilan munosabat yuritsangiz, rahbarlarga gap qaytarmasangiz, ishingizni, tirikchiligingizni saqlab qolasiz. Muhabbatda oila qurmaganlar sezilarli mushkulotlarga ro‘baro‘ bo‘lishlari kutiladi. Salomatligingizni avaylab asrang.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Anchadan beri omad qushi yelkangizga qo‘nishini orzu qilardingiz. Mana, nihoyat o‘sha kun keldi. Bugun omad qushi xizmatingizda bo‘ladi inshoolloh. Ishxonada nafaqat rahbar va hamkasblar, balki sizga azaldan hasad qilib kelganlar ham maqtovlar yog‘diradi. Moliyaviy masalada ba’zi chalkashliklar paydo bo‘lishi mumkin. Ammo muammoni do‘stlardan biri albatta ijobiy hal qilib beradi. Jismoniy holatingiz, salomatligingizning me’yorda bo‘lishi kayfiyatingiz bilan bog‘liq bo‘ladi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
22 dekabr kuni kun siz uchun juda og‘ir kechishi kutilmoqda. Tijoratchi bo‘lsangiz, kun bo‘yi raqobatchilar asabingizga tegib zeriktiradi. Muhabbatda ham to‘siqlar keragicha topiladi. Juftingiz bilan chin ko‘ngildan gaplashib, munosabatlarga oydinlik kiritib oling. Siz tunda, havo ochiq bo‘lsa, oy nuri hamrohligida sayr qiling. Bu sayr sizga har taraflama foyda beradi. Oydinda o‘tkazgan har bir daqiqangiz romantikaga boy bo‘lishi tayin.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Bugun ishda ham, shaxsiy hayotda ham o‘zgalarning yordamiga emas, o‘z kuch va imkoniyatlaringizga suyangan holda harakatlar sodir eting. Ishda aniq bir maqsadni ko‘zlab qo‘ygan bo‘lsangiz, ortga chekinmang. Yo‘qsa, mukofot pulini boshqa hamkasblar ilib ketishi mumkin. Qon bosimingizni tez-tez o‘lchatib turing. Ovqatlanishda rejimga rioya qiling. Yomon odamlarga qo‘shilishni xayolingizga ham keltira ko‘rmang. Kechqurun ziyofatga chaqirsalar bormang, ko‘ngilsizlikka duch kelishingiz xavfi bor.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
22 dekabr kuni turli ko‘ngilsizliklar ta’qib etishi mumkin. Oiladagi muammolar holdan toydirishi mumkin. Lekin majburan bo‘lsa-da, jilmayib, hazil-mutoyibaga erk berib olg‘a qadam tashlasangiz, yaxshi niyatlarga yetishasiz. Muhabbatda sizni cheksiz quvonchli lahzalar kutib qoladi. Elektr tokiga ishlaydigan uskunalardan foydalanishda ehtiyot bo‘ling. Jarohat olishingiz ehtimoli bor. Sog‘lig‘ingiz pand bera boshlasa, kunning qay vaqti bo‘lishidan qat’i nazar vrach ko‘rigiga yo‘l oling.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Birinchi navbatda bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar rejasini tez fursatda tuzing-da, harakatni boshlab yuboring. Bu nafaqat sizga, yaqinlaringizga ham shod-xurramlik hadya etadi. Hech bir masalaga yengil fikrlagan holda munosabat yuritmang. Moliyaviy muammolar kechqurunga yaqin ijobiy hal bo‘ladi. Biroq xarajatlardan tiyilib turmasangiz bo‘lmaydi. Kechqurun qo‘shnilarning biri siz haqingizda mish-mish tarqatganidan ogoh bo‘lasiz. Undaylarga qarshi sukut ko‘magida kurash olib boring.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
22 dekabrda shaxsiy hayotingizda yorqin tanaffuslar sodir bo‘ladi. Ro‘zg‘or ikir-chikirlarini poyoniga yetkazishni unutmang. Kimgadir nimanidir va’da qilgan bo‘lsangiz, va’daning ustidan chiqishingizga to‘g‘ri keladi. Oilasizlar kechqurun orzusidagi insonni uchratishlari ehtimolga yaqin. Kechqurun olis safarga otlanishdan voz keching. Ko‘ngilsizlikka ro‘baro‘ bo‘lishingiz mumkin.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 22 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?