21:22 / 04.02.2018
14 018

Munajjimlar bashorati: Hut (20 fevral – 20 mart) burji vakillari uchun 2018 yil qanday kechadi?

Munajjimlar bashorati: Hut (20 fevral – 20 mart) burji vakillari uchun 2018 yil qanday kechadi?
Umumiy bashorat
"It yili" "Hut"lar uchun judayam muvaffaqiyatli boshlanadi. Istalgan yo‘nalishda o‘zlarini suvdagi baliqdek his etishadi. Bunga sabab – "Tovuq" yilining omadli yakunlanishi. Yangi yilda yana orzu qilishadi, rejalar tuzishadi va ko‘zlagan maqsadlari yo‘lida izlanishadi, olg‘a odimlashadi. "Hut"lar uchun yolg‘iz ishlash qulay, jamoaviy ish ular uchun emas.

Mablag‘ topishning yangi yo‘llarini izlash va yil boshida sevimli insoningiz bilan mustahkam munosabatlarni o‘rnatish uchun qulay fursat.

Oilali "Hut"lar uchun xonadonga yangi mehmonning kelishi haqiqiy kutilmagan yangilik bo‘ladi. Chaqaloq er-xotin munosabatlarini yanada iliqlashishiga sabab bo‘ladi.

Yozning o‘rtalarida ko‘pchilik "Hut"lar ko‘ngildagidek hordiq olishni istashadi. Sayohatga yo‘l olishlari ehtimoli yuqori. Dam olish vaqtida kelajakda asqatadigan foydali tanishuv kutmoqda.

Malakali stomatologga uchrab, tishingizni davolatishni maslahat beramiz. Allergiya ham bezovta qilishi mumkin. Mustaqil davolanmay, shifokorga uchrang va organizmdagi bu o‘zgarish sabablarini aniqlang.

Ishlaringiz ko‘ngildagidek bo‘ladi. Qo‘shimcha mo‘may daromad ham sizni xursand qiladi. Kutilmaganda mazkur burj sohiblarida yangi ijodiy iste’dod uyg‘onadi. Ularning ijodiy ishlari atrofdagilarni shu qadar lol qoldiradiki, yuqori e’tibor onlarini his etishadi. "Hut"lar mana shu ijodiy qirralarini shakllantirish uchun mablag‘ yig‘ish haqida bosh qotirishlari maqsadga muvofiq bo‘lardi. Tez orada homiylarning o‘zlari ham taklif bilan murojaat qila boshlashadi. Hayotlaridagi bu kutilmagan o‘zgarish "Hut"larga dunyoviy mashhurlikni taqdim etadi.

Yil oxirida yaqinlaringiz ko‘magingizga ehtiyoj sezishadi. Moddiy ahvoli yaxshi bo‘lgan "Hut"lar hech ikkilanmay yordam qo‘lini cho‘zishadi. Hatto bu ko‘makdan ularning o‘zi ham xursand bo‘ladi. Moliyaviy jihatdan qiyin vaziyatda turgan "Hut"lar ham muammoni yengish yo‘lini topishadi. “Qo‘li ochiqqa Xudo beradi”, deganlaridek, bu sarf-xarajatlarning o‘rni boshqa tarafdan to‘ladi.

ShAXSIY XAYoT
Muhabbat bobida ham oshig‘ingiz olchi bo‘ladi. Ko‘pchilik "Hut"larni sovg‘alar, kechki ovqat, kino, gullar degandek romantik munosabatlar xushnud etadi.

"Hut"larning boshqa davlatga yo‘l olishlari sevgan insoni bilan munosabatlariga ta’sir ko‘rsatadi. Biroq bu ayriliq munosabatlarning qanchalik mustahkamligi sinovi bo‘ladi.

Yaqinlaringizning sog‘ligi borasidagi muammolari diqqat markazingizda bo‘ladi. Ularni ruhiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash zarurati tug‘iladi. Muammolar hal bo‘lgach, yana osuda hayotingizga qaytasiz.

Qish kelgach, avvalgidek ko‘ngil xotirjamligi hukmronlik qiladi.

Oilali "Hut"lar juftlari bilan naqadar baxtli ekanliklarini anglashadi. Oilaviy baxtdan ilhomlangan "Hut"lar yana yangi ijodiy kashfiyotlar natijasida mashhurlikka ega bo‘lishadi.

SALOMATLIK
Sog‘lik borasida xuddi sevgidagidek omad u qadar siz tarafda emas. Hatto oddiy shamollash ham qattiq ta’sir etishi mumkin. Shuning uchun bir qarashda zararsiz tuyulgan yarani ham e’tiborsiz qoldirmaslikni maslahat beramiz. Boisi u surunkali xastalikka aylanishi ehtimoldan xoli emas.

Yilning ikkinchi yarmida avia va avtotransportda ehtiyot bo‘ling.

Kuzning o‘rtalariga kelib, ko‘rish qobiliyatingiz xiralashishi mumkin. Profilaktika sifatida okulist qabulida bo‘lsangiz, foydadan xoli bo‘lmaydi. Biroq shunda ham ko‘z nurini saqlash uchun turli gadjetlardan uzoqlashing. Toza havoda sayr qilib, vitaminlar qabul qilishingiz kerak.

Ham ruhiy ko‘tarinkilik, ham jismoniy kuchni yo‘qotmaslik uchun profilaktika choralari sizga asqatadi. Bu esa sovuq havo hukmronlik qiladigan mavsumlarda shamollashlardan saqlaydi. Ko‘proq sayr qilish, tabassum qilishni kanda qilmaslik ham mustahkam sog‘ligingiz garovi bo‘la oladi, ishonavering. Shuningdek, har bir, hatto arzimas holatlardan ham xursandchilik topa olishni maslahat beramiz. Zero, quvonish uchun har doim sabab topiladi.

KARERA
"Hut"larda boshqaruvchanlik qobiliyati yuqori, biroq ular bunga intilishmaydi. "Hut"lar o‘zlarini yetarlicha sevishadi, shu bois ish va mansab uchun asab­larini sarflashmaydi. Ularda ijodiy ish uchun hamma qobiliyat yetarli va buning uchun barcha yo‘llar ochiq.

Bahor mavsumida mablag‘ borasida omad siz tarafda bo‘ladi. Hatto hamma havas qilgulik sovg‘a yutib olish ehtimolingiz ham yuqori.

Kuz kelishi bilan "Hut"lar yangi ish yoki qo‘shimcha daromad manbai izlashga tushishadi. Tig‘iz ish jadvali, tinimsiz bandlik charchoq, uyqusizlik, asabiylikka olib keladi. Bu oiladagi munosabatlarga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. "Men o‘zimni sevaman", deb aytilgan qo‘shiq yodingizdami? 2018 yilda o‘zingiz haqingizda so‘z borganda, albatta mazkur qo‘shiqni yodga oling.

Atrofdagilarga nisbatan xushfe’l bo‘ling va har bir holatga kuyunavermang. Yangi yilda katta miqdordagi xarajatlar: uy yo avtomashina sotib olishni keyinroqqa qoldirishni maslahat beramiz. Mablag‘ borasidagi eng yaxshi qaror, bu — pullaringizni bankda saqlash.

AYoL "HUT"LAR
Yangi yil kelishi bilan ayol “Hut”lar 2018 yilga mo‘ljallagan rejalarini amalga oshirishga jiddiy bel bog‘laydilar. Bu yo‘ldan ularni o‘zlaridan boshqa hech kim qaytara olmaydi va albatta mehnatlari munosib baholanadi, rag‘batlantiriladi.

Bahor kelishi bilan oila qurmagan ayol “Hut”larni yangi romantik tanishuvlar kutmoqda. Bu munosabatlar oilaviy rishtalar bog‘lanishi bilan yakunlanishi ehtimoli yuqori.

Yozga kelib esa ayol “Hut”lar yanada ko‘rkamlashishadi. Tanlovi "Hut"da to‘xtagan qarshi jins vakillari naqadar to‘g‘ri qaror qabul qilganiga amin bo‘ladi.

2018 yilni xotirlaganingizda yuzingizga samimiy tabassum yugurib, ko‘nglingizni iliqlik qurshab olishini istaysizmi, unda kundalik ishlardan ham lazzatlana oling. Oddiygina uyni saranjom-sarishta qilish, gullarni sug‘orish, oshxonada “ijod” qilish, har kunlik rejalarni aniq belgilab olish kabi turli yumushlar ham dilingizga xotirjamlik baxsh etadi va albatta, o‘zingizga bo‘lgan ishonchni ham unutib qo‘ymang. Siz o‘z kasbingizning professionali, mas’uliyatli, zehnli insonisiz. Demakki, har bosgan qadamingiz aqlga tayanadi, natija esa yuqori marralar bilan quvontiradi.

ERKAK “HUT”LAR UChUN
Yil boshidan erkak “Hut”lar ijodiy imkoniyatlarini ishga solib, shaxsiy bizneslarini tashkil qilishga intilishadi. Bu yo‘lda to‘la omadga erishish uchun imkoniyatlar yetarlicha. Biroq hamkorlar tomonidan investitsiya kiritilishi ayni muddao bo‘ladi. Yozga kelib esa mo‘may daromad sohibiga aylanasiz.

Yolg‘iz erkak “Hut”lar juftini izlash payiga tushishadi. Ko‘nglidagi kechinmalar, xayolidagi tasavvurlarni aniq bilgani uchun natija o‘zini uzoq kuttirmaydi. Biroq ba’zi tuyg‘ularni biroz keyinga surib, yoz mavsumida shaxsiy biznesingizni yo‘lga qo‘yib olishni maslahat beramiz. Ammo bu ish oiladan ustun, degani emas. Demak, "tarozi pallasi"ni teng ushlashga urining.

Manba: darakchi.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: Hut (20 fevral – 20 mart) burji vakillari uchun 2018 yil qanday kechadi?