Nonushta qilayotganda, tushlik yoki kechki ovqatni yeyayotganimizda, tanovul qilayotgan mahsulotlarimiz foydalimi yoki yo‘qmi, deb o‘ylaymiz. Zero, uzoq yillar davomida miya yaxshi ishlashi uchun to‘g‘ri ovqatlanish zarur. Ammo buning uchun qanday mahsulotlarni iste’mol qilish kerakligini bilish lozim. Quyida miya faoliyatini yaxshilash uchun unga foyda beradigan mahsulotlar haqida bilib olishingiz mumkin.
Kepakli donlardan tayyorlangan mahsulotlar
Kepakli donlardan tayyorlangan non, ungan bug‘doy va bo‘tqa iste’mol qiling. Bug‘doy, suli, arpa yormasidan tayyorlangan bo‘tqani. Bu mahsulotlarda miya faoliyatini yaxshilaydigan kletchatka va V guruhi vitaminlari bor.
Yong‘oq
Yong‘oq miya faoliyati uchun juda foydali. Ularda yog‘ kislotalari, foliy kislota, V1, V6, V9, V12, RR, K, S, Ye vitaminlari bor.
Kakao
Bu ichimlik miyaning qon bilan ta’minlanishini yaxshilaydi. Kakao tarkibidagi flavanol – antioksidant miya yaxshi ishlashiga yordam beradi.
Shokolad
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, shokolad yeydigan yoki qora shokolad ichadigan odamlarning xotirasi boshqalarnikiga nisbatan yaxshiroq bo‘ladi. Shokolad tayyorlashda ishlatiladigan kakao donlarida teobromin mavjud bo‘lib, u asab tizimi uchun foydali.
Baliq
Baliqning yog‘li turlari xotirani yaxshilash va miyaning yaxshi ishlashi uchun juda foydali. Baliqda omega-3 va omega-6 yog‘ kislotalari, yod, brom, magniy, molibden, marganets, rux, V guruhi vitaminlari, RR, N bor. Bu vitaminlar va mikroelementlarning hammasi ijobiy ta’sirga ega: xotirani, qon aylanishini yaxshilaydi, tomirlarni mustahkamlaydi.
Chernika
Chernika — juda foydali reza meva. U antioksidantlar, vitamin va minerallar, temir, mis, pantenol kislota, S, V1, V6, RR, A vitaminlariga boy. Chernika miya faoliyatini, ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi, tomir devorlarini mustahkamlaydi.
Olma
Olmada foydali moddalar, vitaminlar va minerallar ko‘p, ammo miya uchun olma iste’mol qilish shunisi bilan qadrliki, uning tarkibiy qismlari insultda uchraydigan qon quyilishini 2 barobar kamaytirishi mumkin.
Glyukoza
Miya uchun foydali, xotirani va aqliy qobiliyatni yaxshilaydigan glyukozani reza mevalar va meva, tarvuz, qovun, malina, yertut, olxo‘ri, shaftolida topish mumkin. Bu mahsulotlarni muntazam ravishda iste’mol qiling.
Zaytun moyi
Miya yaxshi ishlashi uchun zaytun moyi iste’mol qilish kerak, uni alohida mahsulot sifatida ham iste’mol qilish yoki salatlarga qo‘shish mumkin.
Tuxum
Tuxumda letsitin va V12 bor, bular miyaning normal ishlashiga yordam beradi.
Qahva
Agar odam qahvani me’yorida iste’mol qilsa, bu mahsulot Alsgeymer kasalligi rivojlanishining oldini oladi. Qahva iste’mol qilish tez qaror qabul qilish va tafakkurni tiniq saqlashga yordam beradi.
Miyaga, shuningdek, aqliy qobiliyatni yaxshilaydigan dofamin zarur. Taomnomangizga loviya, tovuq, kurka go‘shti, sut mahsulotlarini qo‘shing.
Miya yaxshi ishlashi uchun serotonin juda muhim. Xotira, o‘qish qobiliyati unga bog‘liq. U tufayli biz yaxshi uxlaymiz, ishtahamiz, kayfiyatimiz yaxshi. Serotonin gormoni banan, shokolad, pomidor, anjir kabi mahsulotlarda mavjud aminokislotalardagi triptofan tufayli hosil bo‘ladi.
Miya faoliyatiga foydali mahsulotlarni muntazam ravishda iste’mol qiling. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Shimoliy Koreya ballistik raketalar ishlab chiqaruvchi zavodini kengaytirmoqda
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Maksim Shatskix "Istiqlol"ga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi?
Yangi Zelandiyada maori qabilasi oqsoqolining portreti auksionda rekord narxda sotildi