10:34 / 09.05.2018
17 861

Bolalarga Qur’on yodlatish bo‘yicha tavsiyalar

Bolalarga Qur’on yodlatish bo‘yicha tavsiyalar
Qisqa suralarni yod oldirishni nodir hollarda uch yoshdan boshlanadi. O‘rtacha, besh yoshdan bemalol boshlasa bo‘ladi. Olti yoshida mukammal qori bo‘lganlar ko‘p.

Qur’oni karimni yodlatish bo‘yicha tajribali ustozlar qo‘llayotgan samarali uslubga ko‘ra, eng avval “Fotiha” surasi yodlatiladi. So‘ng Kitobning oxiridan “Sharh” surasigacha diqqat bilan, tajvid qoidalariga muvofiq talabaga dars beriladi. Qobiliyatiga qarab, 4-5 martagacha qaytarib mustahkam yodlatiladi.

Talaba zehnini sinab ko‘rish uchun quyidagi suralarni yodlatish mumkin: Amma porasi to‘liq, “Taborak”, “Voqea”, “Ar Rahmon”, “Fath”, “Yosin” suralari.

Mana shu suralarni yodlash bilan har bir talabaning zehni qay darajadaligi ma’lum bo‘ladi.

Yod olingan oyatlar har bir so‘zi qaysi satrda joylashganini zehnida ko‘ra olish a’lo darajada yodlash hisoblanadi.

Qur’on yodlovchi talabaga beshta narsa muhim:
1. Qur’on yodlashga ishtiyoq.
2. Sabr-toqat.
3. Sa’y-harakat.
4. Ota-ona va ustoz fidoyiligi.
5. Xolis Alloh roziligi uchun yodlash.
Ziyovuddin RAHIM

“Qur’on – qalblar shifosi” kitobidan

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bolalarga Qur’on yodlatish bo‘yicha tavsiyalar