Agar siz faqat pishgan meva va sabzavotlar tanlashni o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, ularni tanlashda yordam beruvchi quyidagi maslahatlar bilan tanishing.
Baqlajon
Yangi baqlajonning po‘chog‘i – qalin, tekis va yaltiroq bo‘ladi. Buni quyidagicha tekshirib ko‘rish mumkin: barmog‘ingiz bilan baqlajon ustiga bosing, agar po‘chog‘i biroz ezilsa va yana o‘z holiga qaytsa, demak u pishgan bo‘ladi.
Muskat oshqovog‘i
Tanlashda qovoqning og‘irligiga, qattiq va quruq bandiga, po‘chog‘ining chiroyli rangiga e’tibor bering.
Pomidor
Pishgan pomidorlar to‘q rangli bo‘ladi, po‘sti esa bosilganda deyarli ezilmaydi. Hidiga ham e’tibor bering, u shirin va yog‘och hidli bo‘lishi kerak.
Bodring
Bodringning rangi va tuzilishi muhim. Qalin, to‘q-yashil va tekis bodringlar – pishgan bodringlar deb hisoblanadi.
Tarvuz
Tarvuz tanlashda yonboshidagi tuproq dog‘iga e’tibor berish kerak, u qanchalik kattaroq va sariqroq bo‘lsa, shunchalik mazali va shirin bo‘ladi.
Qovun
Qovunning og‘irligi va shirin hidi uning pishganligidan darak beradi. Bandi quruq va yo‘g‘on bo‘lishi kerak. Qarama-qarshi tomondagi po‘chog‘i esa biroz yumshoq va egiluvchan bo‘lishi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi