Bruklindagi ayol 20 yildan beri faqat yashilda yashaydi

Bruklindagi ayol 20 yildan beri faqat yashilda yashaydi

Nyu-Yorkning Bruklin tumanida tashqi ko‘rinishi va turmush tarzi bilan ko‘pchilik e’tiborini tortadigan ayol yashaydi. Elizabeth Sweetheart 20 yildan buyon hayotini deyarli to‘liq yashil rangga moslab keladi. Shu bois u «Bruklinning yashil xonimi» sifatida tanilgan.

Uning sochlari, kiyimlari va poyabzallaridan tortib, uyidagi deyarli barcha buyumlar ham yashil rangda. Xonalardagi devorlar, mebel va turli jihozlar ham aynan shu tusda.

Elizabeth Sweetheart aslida rassom va mato dizayneridir. U 1964 yilda Kanadadan Nyu-Yorkka ko‘chib kelgan. Keyinchalik o‘zining dizayn studiyasini tashkil etgan. U yaratgan mato naqshlaridan turli mashhur moda brendlarining kolleksiyalarida ham foydalanilgan.

Taxminan 2000 yillardan boshlab yashil rang uning uchun oddiy kiyinish uslubidan ko‘ra kengroq ma’no kasb etgan. Asta-sekin bu rang uning kundalik hayoti va shaxsiy uslubining ajralmas qismiga aylangan.

Elizabethning o‘zi yashil rangni yaxshi ko‘rishining sababini uning insonlarga ijobiy kayfiyat ulashishi bilan izohlaydi. Uning hayotiga nazar tashlaganda esa yashil rangni nafaqat kiyimlarida, balki yashash muhitida ham ko‘rish mumkin.

Qizig‘i, u shuncha yil davomida bir rangga sodiq qolib, uni o‘zining o‘ziga xos uslubiga aylantira olgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar