Uyqusizlik — bu uyquning buzilishi, yomon uxlash va ertalablari holsizlanib turish alomatlari bilan namoyon bo‘ladigan kasalmandlik holati. Alohida hollarda odam aqldan ozishi yoki o‘lishi mumkin. Oddiy odam 9 soatga yaqin uxlashi kerak, lekin kam uxlashga imkon beruvchi o‘ziga xos asab tizimiga ega bo‘lgan odamlar ham bor.
Shunday qilib, uyqusizlik holatida qanday yordam berish mumkin?
Birinchi maslahat — sport bilan shug‘ullaning. Jismoniy harakat sizga yoqimli charchoqlik bag‘ishlaydi va siz maza qilib uxlaysiz. Lekin shunga qaramasdan, jismoniy mashqlarni bevosita uxlash oldidan bajarmaslik muhimdir.
Ikkinchi usul bizga Kavkazdan kelgan. U yerda odamlar uxlashdan oldin bir-ikki piyola echki suti ichishadi. Sut — bu ajoyib tabiiy uxlatuvchi. Siz ham sinab ko‘ring.
Uxlashga yotishdan oldin xushbo‘y yog‘ yoki hidli o‘tlar bilan iliq vanna qabul qiling. Bu tanangizni va asabingizni tinchlantiradi.
Xushbo‘y o‘tlardan qilingan yostiq sotib oling yoki o‘zingiz yasang. Yalpiz, qarag‘ay, atirgul gulbargi, valeriana, do‘lana hidlari sizning tungi uyqungizga hamrohlik qiladi. O‘tlarning hidi tez ketib qolmasligi uchun yostiqni alohida xaltada saqlang.
Kechqurun uxlashdan oldin qahva va achchiq choy ichmang, yangiliklar va qo‘rqinchli kinolar ko‘rmang. Bu asab tizimini qo‘zg‘atib yuboradi va siz bir necha soat shirin uyqudan mahrum bo‘lasiz.
Bu oddiy qoidalarga rioya qilish sizga uyqusizlikni davolashda, kun davomida tetik va harakatchan bo‘lib yurishda yordam beradi.
Manba: Sof.uz
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi