22:54 / 05.06.2018
4 867

Gunohlarimni Senga vasila qilaman...

Gunohlarimni Senga vasila qilaman...
Bandaga biror gunoh qilsak ko‘ziga ko‘rinolmaymiz. O‘zimizni undan uzoq tutamiz.

Allohim, Senga qancha gunohlar qildik, yuzsizliklar qildik.

Qani endi Senga ham ko‘rinolmay yurolsak. Qani Sendan o‘zimizni uzoq qilolsak. Agar shuning yo‘li bo‘lsa, bizlarga ko‘rsat. Eshigingdan boshqa eshik bo‘lsa, bizlarni unga yo‘lla. Juda bo‘lmasa, tuproqlarga aylantirvor, tongla mahshar oldingda sharmanda turmaylik. Vujudimizni zarralarga bo‘lib, tarqatvor, qiyomatda sharmisor bo‘lmaylik.

Evoh, buning hech iloji yo‘q, hecham iloji yo‘q. Eshigingdan boshqa borar joyim, ostonangdan o‘zga bosh urar makonim yo‘q!

Gunohlarimni Senga vasila qilaman, chunki xatokor bandangda bunda boshqa narsa yo‘q. Isyonimni huzuringda oqbayroq yanglig‘ ko‘taraman. Toki buni taslimli bandang e’tirofi o‘la qabul et!

Qilmishlaridan beli bukik, qalbi pora va yuzi qora bandangni iltijolarini qabul qil!

Kechirsang bo‘ldi, faqat kechirsang!..

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Gunohlarimni Senga vasila qilaman...