23:20 / 14.07.2018
4 354

"Sizdan minnatdorman, qalbi uyg‘oq aziz yurtdoshim!"

"Сиздан миннатдорман, қалби уйғоқ азиз юртдошим!"
Kecha ishdan qaytayotib bozorga kirdik. Men mashinada qoladigan, turmush o‘rtog‘im xarid qilib chiqadigan bo‘ldi.

Biroz muddat o‘tgach, sal narida chamasi to‘rt-besh yoshlardagi bolakay velosipedda yo‘lni kesib o‘tishga chog‘langani e’tiborimni tortdi. U velosipedida oldinga yurar, biroq mashinalarning tig‘iz qatnovi bois yana ortga chekinardi. Shunda menda darrov bolani yo‘lning narigi betiga o‘tkazib qo‘yish fikri tug‘ildi.

Shu payt yo‘l chekkasida to‘xtagan mashinadan tushgan kishi tezda bolaning oldiga kelib: “Yo‘ldan o‘tkazib qo‘yaymi?”, - dedi. Bolakay bosh irg‘adi. Yo‘lovchi atrofga boqib, bolaning ota-onasini izladi. Uyi qayerda ekanini so‘raganida esa u o‘zi turgan tarafni ko‘rsatdi.

Shunda yo‘lovchining: “Qani, uyingga tez yugur-chi, yo‘lga yaqinlashsang, naq qulog‘ingni kesib olaman-a”,- degan “po‘pisa”sidan keyin bola uyi tomonga velosipedini “uchirib” ketdi.

Bir-ikki daqiqa orasida yuz bergan bu kichik voqeani kuzatib, atrofimizda loqayd bo‘lmagan, sergak, uyg‘oq nigohli, o‘zgalar farzandini o‘ziniki kabi avaylovchi insonlar borligidan qalbim quvonchga to‘ldi. Ayniqsa, bugun ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan dunyoning turli nuqtalarida bolalar bilan bog‘liq noxush xabarlardan zada bo‘lgan bir paytda bu manzara ko‘nglimni nurafshon etdi.

Agar bola yo‘ldan o‘tkazib qo‘yilmaganida adashib qolishi, bee’tibor bo‘linganida esa falokatga yo‘liqishi mumkin edi. Shularni o‘ylab, dilimdan shunday kechinma o‘tdi:

“Sizdan minnatdorman, qalbi uyg‘oq aziz yurtdoshim!”

Manba: mahalladosh.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » "Sizdan minnatdorman, qalbi uyg‘oq aziz yurtdoshim!"