Sud xAI kompaniyasining „nudify“ ilovalari taqiqini toʻxtatish haqidagi talabini rad etdi

AQShning Minnesota shtatida fotosuratlarni sun'iy intellekt yordamida kiyimsiz ko'rinishga keltiruvchi ilovalarni taqiqlovchi qonun o'z kuchida qolmoqda. Federal sudya Donovan Frank xAI kompaniyasining ushbu cheklovni vaqtincha to'xtatib qo'lish haqidagi da'vosini rad etdi. Sudya qarorida kompaniya qonun imzolanganidan deyarli uch oy o'tib murojaat qilgani va bu kechikish zarar darajasi shoshilinch emasligidan dalolat berishi ta'kidlandi.
AQShning Minnesota shtatida fotosuratlarni sunʼiy intellekt yordamida kiyimsiz koʻrinishga keltiruvchi ilovalarni taqiqlovchi qonun oʻz kuchida qolmoqda. NBC News xabariga koʻra, federal sudya xAI kompaniyasining ushbu cheklovni vaqtincha toʻxtatib qoʻlish haqidagi daʼvosini rad etgan. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.
AQSh okrug sudyasi Donovan Frank oʻz qarorida qonunning mazmunidan tashqari, xAI kompaniyasi murojaat qilgan vaqtga ham alohida eʼtibor qaratdi. Sudya taʼkidlashicha, kompaniya vaqtinchalik cheklov joriy etishni soʻrab qonun imzolanganidan deyarli uch oy oʻtib, yaʼni hujjat kuchga kirishiga atigi uch kun qolgandagina murojaat qilgan.
„Bunday kechikish zarar darajasi favqulodda va shoshilinch emasligidan dalolat beradi“, — deb yozgan sudya oʻz qarorida. Mazkur qaror xAI kompaniyasining taqiqqa qarshi sud jarayoni toʻxtatilganini anglatmaydi, biroq sud muhokamalari davom etayotgan vaqtda ham qonun amalda boʻlishini taʼminlaydi.
Qonun tafsilotlari va xAI pozitsiyasi
xAI oʻz daʼvosida mazkur taqiq Qoʻshma Shtatlarda ilk bor qoʻllanilayotganini va uning qoidalari oʻta keng qamrovli ekanini taʼkidlagan. Kompaniya vakillarining fikricha, xuddi shu maqsadlarga erishish uchun ancha yumshoqroq muqobil choralar mavjud.Eslatib oʻtamiz, yil boshida Ilon Maskga tegishli X ijtimoiy tarmoqda foydalanuvchilar xAI kompaniyasining Grok chat-boti yordamida roziliksiz yaratilgan jinsiy mazmundagi soxta suratlarni tarqatib yuborgan edi. Bu holat jamoatchilik noroziligiga sabab boʻlib, qator tekshiruvlar va cheklovlarga olib kelgandi.






























Izohlar 0
…