QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun kuningiz tashvish va qayg‘uga boy bo‘lishi mumkin. Ammo ularning aksariyati asabiylashishga umuman arzimaydi. O‘zingiz qilmagan noto‘g‘ri ishda o‘zingizni ayblamang. Muhabbatda esa vaqtincha istaklardan voz kechib turishingizga to‘g‘ri keladi. Juftingiz yoki bo‘lg‘usi juftingiz bilan o‘zaro munosabatlar taqdir nasib qilgan ko‘rinishda qolaversin. Salomatlikni asrang. Ayniqsa, jismoniy zo‘riqishlardan qoching, yo‘qsa, yurak va umurtqa pog‘onangizda jiddiy muammolar paydo bo‘lishi mumkin.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
16 iyul kuni yaqinlaringizning sizga nisbatan munosabatlari sovuqlashganiga guvoh bo‘lishingiz mumkin. Lekin tashvish chekishga asos yo‘q. Munosabatlar vaqtincha va sun’iy bo‘lib chiqishi ham ehtimoldan xoli emas. Ular xarakteringiz yaxshi tarafga o‘zgarishini, ma’nan yuqorilashingizni istayotgan bo‘lishlari ham mumkin. Shaxsiy hayotingizda vaqtinchalik tanaffuslar yuzaga kelish ehtimoli bor. Kechqurun albatta toza havoda sayr qiling.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Kuningiz yorqin kechadi va qiziqarli, yoqimli lahzalarga, hodisalarga boy bo‘ladi. Ayniqsa, oila qurmaganlar muhabbatda muvaffaqiyatga erishishadi. Agar sabrli bo‘la olsangiz, bu masalada yanada yuqori cho‘qqilarni zabt etishingiz tayin. Ish bilan bog‘liq yangi loyihalarni o‘ylab topgan bo‘lsangiz, bu xususda shoshmaganingiz ma’qul. Vaqti-soati kelganda, amalga oshiraverasiz. Salomatlikni asrash, mustahkamlash borasida aniq rejalar tuzib oling. O‘zingizni yomon his eta boshlamasligingiz uchun quyosh tig‘ida ko‘p vaqt turib qolishdan saqlaning.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
16 iyul kuni ish joyingizda faolligingiz boshqa kunlardagiga nisbatan yanada oshganiga guvoh bo‘lasiz. Mabodo olqishlarga, muvaffaqiyatlarga ega chiqmoqni xohlasangiz, rahbarlardan yangi vazifa qo‘shib berishlarini so‘rang. Buni ham bemalol uddalay olasiz. Moddiy ahvolingiz a’lo darajada bo‘ladi. Oila qurmagan bo‘lsangiz, romantik uchrashuvlardan buguncha voz kecha turing. Bu narsa sizni eng muhim muammolarni ijobiy hal etishdan chalg‘itib yuborishi mumkin.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugun birinchi navbatda yaqinlaringizga yaqindan yordam ko‘rsatishingiz tavsiya etiladi. Agar xasta qarindoshlar bo‘lsa, ular holidan xabar oling, albatta savobga qolasiz. Tadbirkor bo‘lsangiz, yangi hamkorlar paydo bo‘lishi mumkin. Ular bilan kelishgan holda ishlasangiz, qo‘shimcha daromaddan bahramand bo‘lishingiz aniq. Salomatlikka alohida e’tibor qarating. Bugun immunitetingiz sezilarli darajada tushgan va qon tomirlar ancha zaiflashgan ko‘rinadi. Bu muammoning yechimini topishga harakat qiling.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
16 iyulda aqlan zo‘riqishga olib keluvchi tadbirlarda ishtirok etmaganingiz ma’qul. Yaxshisi, imkon topib dam oling, tabiat qo‘yniga jo‘nang. Bu sog‘lig‘ingizga katta foyda beradi. Yaqin o‘tmishdagi tanishlardan biri haqida yoqimli xabar eshitishingiz kutiladi. Xabar kunning ikkinchi yarmida sizgacha yetib keladi. Ilk muhabbatingizni uchratib qolishingiz ham ehtimoldan xoli emas. Bu asosan oilasi yo‘qlarga tegishli deyilsa, to‘g‘riroq bo‘ladi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Bugun avvalo uydagi yumushlarni do‘ndirishingiz, ro‘zg‘or kemtiklarini to‘ldirishingiz talab etiladi. Kun davomida niyati buzuq bir odamga yo‘liqishingiz mumkin. Sergaklikni qo‘ldan bermang. Bu odam sizni yo‘ldan ozdirishi kutiladi. Bu masalada tafakkurga suyaning. Keyin esa qalb amriga bo‘ysuning. Bugun jismoniy mehnatni kamroq ado eting. Og‘ir buyumlar ko‘tarishingiz tavsiya etilmaydi. Salomatlikni ko‘z qorachig‘idek asrang.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
16 iyul kuni moddiy manfaat ko‘rishingiz va yangi ish boshlashingiz uchun barcha kuch va imkoniyatlarga ega bo‘lasiz. Yangi ish ilgarigilariga nisbatan ancha yengil va serdaromad bo‘lib chiqadi. Muhabbatda ba’zi oila qurmagan do‘stlarimiz mayda ko‘ngilsizliklarga duch kelishlari mumkin. Shu narsa sizga haqiqiy mehriboningiz kim ekanini ham belgilab beradi. Kechqurun og‘ir hazm bo‘luvchi taomlar iste’molidan qoching. Shundoq ham oshqozoningizda jiddiy muammolar mavjud.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Yulduzlar bugungi kuningiz ancha og‘ir kechishini bashorat qilgan. Shuning uchun kun mobaynida odamlar bilan emas, uy jonivorlari bilan muloqot qiling. Shunchaki muloqot qilmang, masalan, mushuk terapiyasi degan narsa bor. Bu terapiyani amalda sinovdan o‘tkazsangiz, salomatligingiz asta-sekin mustahkamlana borayotganini payqab qolasiz. Moliyaviy masalada ham noqulay vaziyatlarga duch kelishingiz ehtimoli bor. Noqulayligi shundaki, ko‘p ishlaysiz-u, oqibatda kam daromad olasiz.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
16 iyulda tog‘ echkisi burji ostida tug‘ilganlar yangi ish qidirishdan birinchi navbatda voz kechganlari ma’qul. Baribir omadingiz chopmaydi. Hozirgi ishingizdan qo‘ymasin. Shu ishni mahkam ushlayvering. Asablaringiz charchagan, ruhiy holatingiz siniqqan bo‘lsa, giyohlardan tayyorlangan damlamalarni ichib yuring. Spirtli ichimlik va sershovqin davralardan nari bo‘ling.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Bugun ko‘plab ishlarni boshqatdan boshlashingizga, yo‘l-yo‘lakay ilgari yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatishingizga to‘g‘ri keladi. Texnik masalalarda mushkulotlar ko‘zga tashlanishi mumkin. Ammo bu muammolarni albatta bartaraf etishingiz lozim. Chunki moddiy ahvolingiz yaxshilanishi aynan texnik masalalarga bog‘liq bo‘lib turibdi. Yirik suv havzalarida cho‘milishdan, quyoshda toblanishdan tiyiling. O‘zingizni ehtiyot qiling.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
16 iyul kuni shaxsiy hayotingiz izdan chiqa boshlagan taqdirda ham vahima qilishingiz to‘g‘ri bo‘lmaydi. Suvdan-da sokinroq, maysadan-da pastakroq bo‘lib, muammoni xotirjamlikda bartaraf eting. Moliyaviy ahvolingizni yaxshilash uchun esa aksincha faollik talab etiladi. Qancha daromad ko‘rishingiz ana shu faollikka bog‘liq. Kechqurun yengil hazm bo‘luvchi taomlar iste’moli bilan cheklaning.
Manba: Hordiq.uz
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mashhur kosmetolog Krishtianu Ronalduni sudga berdi
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi
Bog‘, sayilgoh va xiyobonlarni xususiylashtirishni taqiqlovchi hujjat loyihasi ishlab chiqildi
Qirg‘iziston budjetiga korrupsionerlardan misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ qaytarildi
Britaniyada davlat idoralari o‘z xodimlariga mamlakat bo‘ylab parvozlarni taqiqlashni boshladi
Isroillik ravvinni o‘ldirishda gumonlangan uch kishi ushlandi
Rossiya Ukrainaga “zudlik bilan” mahbuslarni almashishga tayyorligini bildirdi
Netanyaxu Livanda o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi