00:31 / 07.09.2018
5 323

Munajjimlar bashorati: 7 sentyabr kuni yulduzlar Sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 7 sentyabr kuni yulduzlar Sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?
QOʻY (21. 03 — 20. 04)

Ish joyingizda bugun baʼzi xavotirli lahzalar paydo boʻlishi mumkin. Ammo yaqin oʻtmishni esga olsangiz, xuddi shunday ahvolga tushganingizni anglaysiz. Shunda xavotirli lahzalar vujudingizni tak etishga majbur boʻladi. Hamkasblarning ayrimlari asabingizga tega boshlasa, sabrni tanlang. Bu vaziyatni yaxshi tarafga oʻzgartirishda qoʻl keladi. Salomatlik masalasida esa muammo bor. Boʻgʻimlar va umurtqa pogʻona qismlaringizda ogʻriq turib biroz bezovta qilishi mumkin.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

7 sentyabr kuni taqdirning oʻzi sizga bir olam sovgʻalarni hozirlab turganiga guvoh boʻlasiz. Ehtiyot boʻling. Boʻshashsangiz, bu sovgʻalarni birov ilib ketib qolishi hech gap emas. Kun davomida qizlar va ayollar tashqi koʻrinishiga ham eʼtibor qaratib qoʻyishsa, yomon boʻlmaydi. Shu bahonada doʻkon aylanib, oʻzingizga yoqqan buyumlarni ham xarid qilasiz. Chunki bugungi moliyaviy ahvolingiz juda yaxshi kechadi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Erta tongdayoq xudodan soʻrab yoʻlga chiqqanlarning ishi albatta baroridan keladi. Faqat kayfiyatni boʻlar-boʻlmasga buzib qoʻyavermasangiz bas. Basharti koʻngilsiz vaziyatlarga tushib qolsangiz, uni aylanib oʻtishga imkon boʻlmasa, taqdirda borini koʻrishdan boʻlak ilojingiz qolmaydi. Shaxsiy hayotda esa juftingiz bilan orangizda baʼzi tushunmovchiliklar paydo boʻlish xavfi sezilmoqda. Bunday mahal psixologik usullardan birini qoʻllab, vaziyatdan chiqib keting.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)

7 sentyabrda koʻpchilikning diqqa markaziba boʻlishingizni unutmang. Shunga qaramay, professional ishingizni davom ettirishdan ham tiyilmang. Ilgari qaysidir loyihaga pul tikib moʻmaygina daromad olgandingiz. Bugun yana oʻsha loyiha yoʻlingizda koʻndalang boʻlishi mumkin. Biroq bugun pul tikmang. Inqirozga yuz tutasiz. Immunitetni koʻtarib olish uchun vitaminlar isteʼmolini boshlashingiz kerak. Oʻzingizni ehtiyot qiling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Arslon burji ostida tugʻilganlarga bugun oson boʻlmaydi. Aslida qanday odam ekaningizni hamkasblarga isbotlashga urinaverib charchashingiz mumkin. Umuman, nima farqi bor? Undan koʻra ishlashni biling. Sizga ishdan koʻproq foyda keladi. Yoki yaqin doʻstlar bilan qisqa muddat suhbat quring. Bugun sayohatga chiqish, romantik uchrashuvlar va madaniy dam olishlar muvaffaqiyatli kechadi. Kechqurun sportning istalgan turi bilan shugʻullanishingiz mumkin. U ham sizga faqat naf keltiradi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

7 sentyabr kuni hech qachon ishonchingizni qozonmaganlar bilan roʻpara kelishingiz kutiladi. Eʼtiborsizroq boʻling. Nafratingizni ularga sezdirib qoʻymang. Oila qurmaganlarning baʼzilariga yangi uchrashuv juda kuchli emotsiya taqdim etishi mumkin. Kechqurun ovqatlanish rejimiga qatʼiy amal qiling. Imkon boʻlsa, velosipedda sayr qiling. Bir joyda uzoq vaqt oʻtirib qolishdan saqlaning.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Salomatligingizga anchadan beri jiddiy zarar yetkazayotgan odatlaringiz bor. Bugun birinchi navbatda oʻsha odatlardan voz keching. Sportga doʻst tutining. Sportalga boring, basseynda suzish mashqlarini oʻzlashtiring. Ish joyingizda rejani shunday puxta tuzingki, kun soʻngida sizga albatta kutilgan daromadni hadya eta olsin. Kechqurun xonadoningizga uzoq yurtdan mehmonllar tashrif buyurish ehtimoli bor.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)

7 sentyabrda kunni oʻzgalalrga yetakchilik qilishdan boshlashingiz kutiladi. Yirik tadbirlar tashkil etasiz, kimlargadir daromadlarini hisoblashda yordam berasiz. Kimlarnidir ruhan koʻtarinkilikka tayyorlaysiz. Agar shaxsiy hayotda xatoga yoʻl qoʻygan boʻlsangiz, siqilmang. Dunyoda tuzatib boʻlmaydigan xatoning oʻzi yoʻq. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda sergak boʻling. Tejamkorlikka eʼtibor qarating.

OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)

Ish joyingizda, qoʻni-qoʻshni, qarindosh-urugʻ, tanish-bilishlar oldida obroʻyingizni yanada mustahkamlash amallarini bajaring. Mayli, kimlardir hasad ham qilsin. Bu hasad sizni yoʻldan ozdira olmaydi. Bugun moliyaviy ahvolingiz havas qiladigan darajada boʻlmasligi mumkin. Shuning uchun xarid masalasini ortga sura turing. Muhabbatda qatʼiyatli boʻling.

TOGʻ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)

7 sentyabr kuni nuqul bahslashaveradigan odamga bugun yon berishingizga toʻgʻri keladi. Bu azbaroyi tinchlikni saqlash, janjal kelib chiqmasligini taʼminlash maqsadlariga yoʻnaltiriladi. Mabodo u odam bilan moliyaviy muammolaringiz bir boʻlsa, albatta yon berishingiz kerak. Oilasizlarga bugun omad kulib boqadi. Siz oʻzingizga yoqib tushadigan odamni uchratib qolishingiz mumkin.

QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)

Bugungi kuningiz zalvorli oʻtishi kutilmoqda. Koʻplab global masalalarni yechib, olamshumul ishlarga qoʻl urishingiz mumkin. Masʼuliyat keragicha ogʻir boʻladi. Hushyorlik bilan ish tuting. Yangi loyihalarni hayotga tadbiq etishda bor kuch va bilim-tajribani ishga soling. Kechqurun kutilmaganda uyingizga mehmonlar tashrif buyurishi mumkin. Salomatligingizni saqlang. Zararli odatlarga zeb bermang.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

7 sentyabrda baliq burji ostida tugʻilganlar atrofdagi qiynalgan, kambagʻal, bemor insonlarga yordam qoʻlini choʻzish harakatiga tushishadi. Ha, buning savobi katta. Olloh sizdan rozi boʻlsin! Kun davomida faqat oʻzingizga ishongan holda ish koʻring. Varikoz, migrendan bezovtalanayotgan boʻlsangiz, vrach maslahatisiz dori icha koʻrmang. Shaxsiy hayotingizda muammolar koʻzga tashlanmaydi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 7 sentyabr kuni yulduzlar Sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?