Amerikalik olimlar jamoasi ortiqcha vazn miya faolligiga salbiy taʼsir koʻrsatishini aniqlashdi. Science News shu haqida xabar berdi.
Tadqiqot ikki guruhga ajratilgan laboratoriya sichqonlarida oʻtkazildi. Birinchi guruh kemiruvchilari kaloriyali oziq-ovqatlar bilan, ikkinchi guruhdagilari esa tavsiya qilingan miqdordagi kaloriyali mahsulotlar bilan oziqlantirildi.
Uch oy ichida birinchi guruh sichqonlarining vazni ikkinchisiga nisbatan oʻrtacha 40 foizga oshdi, ularning aqliy salohiyati esa pasaydi. Masalan, sichqonlarning labirintdan chiqishi sekinlashgani va tashqi taʼsirlarga sekinroq reaksiya qilayotgani kuzatilgan.
Ortiqcha vazn toʻplagan sichqonlarda mikrogliylar - aqliy salohiyatga taʼsir qiluvchi hujayralar soni oshgani aniqlangan. Mutaxassislar bu oʻz-oʻzidan xavfli emasligi, lekin ularning koʻpayishi miyadagi signallarni sekinlashtirish mumkinligini maʼlum qilishdi. Olimlar sogʻlom sichqonlar ortiqcha vaznli sichqonlarga nisbatan nafaqat tezkor, balki aqlliroq ham ekanini taʼkidlashmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi