Koʻpchilik odamlar oʻzining juda qiziquvchanligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Qiziquvchanlik ishga kirishishi bilan bizga imkoniyatlarga toʻla yangi dunyoni ochib beradi. Qiziquvchanlik oʻqishga boʻlgan motivatsiya, eslab qolish va yangi buyumlarni sinab koʻrishda dvigatel, impuls vazifasini oʻtaydi.
Nima deb oʻylaysiz, sizning qiziquvchanlik xislatingiz qay darajada? Rasmdagi ichimliklardan birini tanlab javoblarni oʻqish orqali buni bilib oling!
Siz qaysi birini tanladingiz?
- QAYNOQ SHOKOLAD
Qaynoq shokolad toʻldirilgan finjonni tanlabsizmi, demak sizning qiziquvchanligingiz va diqqat-eʼtiborliligingiz darajasi sust. Juda xotirjam insonsiz, buyumlarni tayyor, ishlanganlarini yoqtirasiz. Hamma boshqotirish talab qilmaydigan narsalarni yoqtirasiz, shuning uchun nimanidir qidirish yoki qayta ishlab chiqarish uchun izlanishingiz, qiziquvchan boʻlishingiz shart emas. Umuman olganda doʻstsevar insonsiz. Shuningdek, koʻp uxlashni yaxshi koʻrasiz. Atrofingizdagi dunyo buzilib ketgan taqdirda ham parvoyingizga kelmaydi.
2. QAHVA:
Qaynoq qahvali finjonni tanladingizmi, demak qiziquvchanligingiz va diqqat-eʼtiboringiz vaqtinchalik, har doim har xil. Tetik inson boʻlishni, ishlashni va oʻzingiz uchun nimadir qilishni yoqtirasiz. Bu sizga ulkan zavq bagʻishlaydi, ayniqsa bir nechta ishni bir vaqtda bajarishni xush koʻrasiz. Koʻpaytirayotgan bilimingiz sizni oʻzingiz xohlagan yoʻl tomon olib boryapti. Hayotingizda eng muhimi – oila va doʻstlik.
3. CHOY:
Choyli finjonni tanladingizmi, demak qiziquvchanligingiz va diqqat-eʼtiboringiz yuqori darajada, siz uchun bilim va hayot sirlari muhim oʻrinda turadi. Bu dunyoni yanada yaxshilash uchun har doim izlanishdasiz. Barcha qarorlaringiz qoidaga koʻra oldindan puxta oʻylangan boʻladi. Juda oʻziga ishongan insonsiz, odamlar sizni mukammal deb oʻylashga moyil va sizni hammadan boshqacha deb his qilishadi. Odatda sizga oʻxshash insonlar yolgʻiz va ularning doʻstlari juda ozchilikni tashkil etadi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring