00:28 / 10.10.2018
5 777

Munajjimlar bashorati: 10 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 10 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?
QOʻY (21. 03 — 20. 04)

Miyangizda paydo boʻlgan barcha muhim gʻoya va rejalarni birovlarga zinhor oshkor qila koʻrmang. Hozir chap koʻz oʻng koʻzga oshnalik qilmaydigan davr. Ular sizdan bu gʻoyalarni oʻgʻirlab ola bilmasa-da, boshqacha usullar yordamida oyogʻingizga bolta urish payida boʻlishlari mumkin.

Kunning ikkinchi yarmida oiladagi yoshi ulugʻ qarindosh bilan janjallashib qolishingiz ehtimoli bor. Bugun kechqurun ijod ahlining davri keladi. Sizni tuni bilan ilhom parilari tark etmaydi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

10 oktyabr kuni pul masalasida tavakkal qilmang. Boringizdan ham ayrilib qolishingiz hech gap emas. Moliyaviy muammolarni faqat belgilangan qonunlar asosida bartaraf eting. Jamiyatda oʻzingizni risoladagidek tuting. Kunning ikkinchi yarmida oilasizlarning ayrimlari safarga otlanishadi. Safar sizga romantik xarakterga ega bir olam taassurotlarni hadya etadi. Muhabbatning borligiga yana bir karra amin boʻlasiz.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Yulduzlar bugun eng muhim ishlarnigina bajarish payida boʻlishingizni maslahat berishadi. Mayda-chuyda tashvishlarni bir chetga surib qoʻya turing. Ular sizni asosiy maqsadlardan chalgʻitishi mumkin. Bugun turli koʻrinishdagi muolajalar, tanani chiniqtirish amallari muvaffaqiyatli kechadi. Tashqarida qarama-qarshi jins vakil va vakilalari bilan don olishib qoʻyishdan saqlaning. Buning intihosi yaxshi boʻlmaydi. Kechqurun nafas yoʻllariga ijobiy taʼsir oʻtkazuvchi mashqlarni bajaring.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)

10 oktyabrda ish masalasida tajribali mutaxassislar va huquqshunoslarga maslahat solishingiz kerak boʻladi. Shundagina muammo yengil hal boʻladi. Ayniqsa, merosga ega boʻlish, xususiy mulk sotib olish va sotishda mutaxassislarning maslahatlari zarur boʻladi. Bir soʻz bilan aytganda, har bir harakatingizni, hatto, moliyaviy masaladagi harakatlaringizni tafakkurni ishga solgan holda sodir etsangiz, albatta omad siz tomonda boʻladi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Ishi biznes va reklama bilan bogʻliq boʻlgan doʻstlarimiz bugun kunning birinchi yarmidayoq moʻmay daromad egasiga aylanishadi. Asosiysi, sizni azart va talabchanlik tark etmasa bas. Kun davomida baʼzilar shamollash va anginadan bezovta boʻlishingiz mumkin. Shunday ekan, davolanishni boshlang. Olis safarga otlanishdan voz keching. Bu umumiy holatingizga putur yetkazadi. Kechqurun xonadoningizga mehmonlar tashrif buyurishi, sizga ajoyib sovgʻalar hadya etishi kutiladi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

10 oktyabr kuni juda koʻpchilikka maʼnaviy koʻmak berishingizga toʻgʻri keladi. Bugun shaxsiy hayotingizda yaqinlaringiz bilan bogʻliq muammolarni boshdan kechirishingiz mumkin. Kechqurun bilim olish, yangi xabarlardan voqif boʻlish va madaniy hordiq muvaffaqiyatli kechadi. Surunkali xastalikka yoʻliqqan boʻlsangiz, oʻzingizni ehtiyot qiling. Ovqatlanishda sergak turing. Ovqatdan zaharlanishingiz xavfi bor.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Yulduzlar kuningiz ogʻir kechishini bashorat qilgan. Ammo uning ogʻirligi siz oʻylaganchalik emas. Asosiysi, kunni optimistlarcha, ortiqcha asabbuzarliklarsiz oʻtkaza olsangiz bas. Baʼzilar bugun olis mamlakatlardan biriga sayohatga otlanishi kutiladi. Mayda-chuyda xaridlar muvaffaqiyatli kechadi. Ammo maoshingizga qoʻshimcha pul toʻlanmaydi. Salomatligingizni mustahkamlash niyatida boʻlsangiz, basseynda suzing, suzing va yana suzing. Bu mashq sizga faqat naf beradi.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)

10 oktyabrda bajariladigan va bajarib boʻlingan ishlarni qayta-qayta tahlil qiling. Eʼtiborni koʻproq katta ishlarga qarating. Ular sizga kutilgan daromadni bera oladi. Boshqa davlat yoki shaharda yashovchi doʻstingiz sizni oilaviy mehmonga taklif etishi mumkin. Bu siz uchun ayni muddao boʻlardi. Negaki, yaqin orada mehnat taʼtiliga chiqishingiz kerak. Kechqurun sogʻligʻingiz haqida koʻproq qaygʻuring. Bosh, oyoq, bel va oshqozon qismlaringizni asrang. Behuda asab buzishdan saqlaning.

OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)

Bugun eng zarur va muhim ishlarni amalga oshirish harakatida boʻling. Aks holda behudaga vaqt yoʻqotasiz. Oilasiz boʻlsangiz, kechqurungi romantik uchrashuvga oʻzingizda kuch topa olmasligingiz mumkin. Agar umurtqa pogʻonangiz yoki yuragingizda muammo boʻlsa, organizmingizni zoʻriqtirishdan saqlaning. Kechqurun qisqa masofaga piyoda boring. Bu salomatligingiz uchun juda katta foyda beradi. Bugun hech kimdan qarz olmang, hech kimga qarz bermang. Oqibati yaxshi boʻlmaydi.

TOGʻ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)

10 oktyabr kuni erta tongdanoq boshingizga omad qushi kelib qoʻnadi, ishonavering. Buni oʻzingiz ham sira kutmagan boʻlib chiqasiz. Oila qurishga ulgurmaganlar kun davomida oʻz idealidagi insonni uchratib, yengil nafas ola boshlashlari kutiladi. Qarindosh-urugʻlar bilan kechadigan janjalli, bahsli suhbatlardan oʻzingizni ola qoching. Bu suhbatlar muammoingizga muammo qoʻshishdan boshqasiga yaramaydi. Oʻzingizni ehtiyot qiling. Firib domiga tushishdan oʻzingizni ehtiyot qiling.

QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)

Tadbirkorlar uchun bugungi kun ajoyib kechadi. Siz nafaqat biznesni rivojlantirishda muvaffaqiyatga erishasiz, balki raqobatchilar bilan ham iliq munosabatlar paydo boʻlishiga guvohlik qilasiz. Baʼzilari bilan qalin doʻst boʻlib qolishingiz ham ehtimoldan xoli emas. Ijod odami boʻlsangiz, bugundan ilhom kutishingiz nooʻrin. Ishda, shaxsiy hayotda oʻzgalar erishayotgan ijobiy natijalarni yaxshilab oʻrgansangiz, ularga havas nazari bilan boqsangiz, oʻzingiz ham muvaffaqiyatlarga erishasiz.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

10 oktyabr kuni muhim hujjatlar, kerak-nokerak qogʻozbozliklar qurshovida qolasiz. Ishga koʻmilasiz. Demak, shaxsiy hayot va roʻzgʻor tashvishlari hozircha sizga begona. Moliyaviy masalada ishni tezlashtirishingiz zarur. Shundagina kutilgan natijaga erishishingiz mumkin. Bu sohada qarindoshlardan kimdir yordam ham bera oladi. Faqat undan iltimos qilishingiz lozim. Kun mobaynida oqimga qarshi suzmang. Tinglovchi, kuzatuvchi sifatida kun kechiring.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 10 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?