QOʻY (21. 03 — 20. 04)
Bugun avvalgidan-da jismonan faol va qatʼiyatli, uddaburon insonga aylanishingiz kutilmoqda. Lekin bu narsa sizga yangi masʼuliyat yuklashini unutmang. Bajaradigan ishingizga yangiliklar kiritishingiz lozim boʻladi. Oilalilar yaqin qondoshlar va farzandlarga eʼtiborni kuchaytirishlari zarur. Bugun shamollash va grippga qarshi muolajalar muvaffaqiyatli kechadi. Oʻzingizni ehtiyot qiling.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
13 oktyabrda hamkasblar bilan munosabatlarda haqiqiy diplomatga aylanishingiz kutiladi. Boshqalar sizdan oʻrnak ola boshlaydi. Shaxsiy masalada ayrim muammolar koʻndalang turishi mumkin. Agar bu muammolarni oʻzingiz mustaqil ravishda bartaraf eta olmasangiz, tajribali va oqil shaxslardan maslahat oling. Kechqurun ovqatlanish rejimiga qatʼiy amal qiling. Asosiysi, meʼyorni biling. Bugun uxlab koʻradigan tushingiz oʻngidan kelishi mumkin.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Bugungi kuningiz oson kechmasligi kutiladi. Ammo tushkunlikka tushmang. Aksincha, bajaradigan ishlaringizga yangi bezaklar bering. Zimmangizdagi majburiyatlarga nisbatan ijodiy yondashing. Agar ishingiz doirasida yangi loyihalar paydo boʻlsa, bugungi kun ularni hayotga tadbiq etishingiz uchun qulay kechadi. Salomatligingiz masalasida muammo koʻzga tashlanmaydi. Lekin baribir mavsumga qarab kiyinishingiz tavsiya etiladi.
QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
13 oktyabr kuni professional kasbingiz bilan bogʻliq faoliyatingizda yangi qirralar paydo boʻlishi kutilmoqda. Hatto, ish bajarishda siz oʻylab topayotgan yangicha usullar hamkasblaringizni ham hayratga solishi tayin. Oilali boʻlsangiz, bugun farzandlaringizga, juftingizga koʻproq eʼtibor qarating. Ularning salomatligi, bezovta qilayotgan tashvishlar bilan qiziqib koʻring. Salomatligingizni tiklash uchun favqulodda kimdandir qarz koʻtarishingizga toʻgʻri keladi. Tashvish chekmang. Salomatlik mustahkam boʻlsa, pul topiladi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugun eng muhim ishlarni yakuniga yetkazib olishingiz kerak. Ishdan ishga oʻtish muvaffaqiyat keltirmaydi. Tartib saqlansagina, koʻzlangan daromadga erishish mumkin boʻladi. Yuqori lavozimlarda ishlaydigan tanishlaringiz ishxonangizdagi mavqeingizni oshirishda yaqindan yordam berishga tayyor turishibdi. Ular yordamidan unumli foydalanib qoling. Shaxsiy hayotingizda kun boʻyi yorqin lahzalar koʻpchilikni tashkil etadi. Oila qurmaganlar koʻz ostiga olib qoʻygan insonning mehrini qozonish uchun qatʼiyatli boʻlishlari zarur.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
13 oktyabr kuni dam olishni, hatto, ovqatlanishni ham unutib, ishga shoʻngʻishingiz kutiladi. Shunga qaramay, salomatligingiz haqida alohida qaygʻuring. Shaxsiy biznesiga ega doʻstlarimiz ozgina bosh qotirsalar, harakat qilsalar, bu biznesni dunyo miqyosiga olib chiqa olishadi. Kun davomida moliyaviy ahvolingiz bosqichma-bosqich yaxshilana boradi. Lekin xarajatlar ham shunga yarasha boʻladi. Ishlab topgan pullaringizning bir qismini roʻzgʻorni butlash maqsadlariga sarflang, afsuslanmaysiz.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Kuningiz oson kechmaydi. Bir qolipga tushgan holda harakatlar sodir etishingizga toʻgʻri keladi. Bu vaziyatlarga ish tufayli emas, xarakteringizdagi qatʼiyatning kamligi sababli tushishingiz mumkin. Muhabbatda ham kelajakka boʻlgan ishonch soʻnib borayotganini his etasiz. Ammo ortga chekinishni xayolingizga ham keltirmang. Oilasiz boʻlsangiz, shunday insonni tanlangki, u bir umr sizga haqiqiy dardkash boʻlib qola olsin. Kechqurun yaqin doʻstlardan biri bilan jiddiy suhbat kutib turadi.
CHAYON (24. 10 — 22. 11)
13 oktyabrda mehnat taʼtiliga chiqsangiz ziyon qilmasdi. Qolaversa, bugun rahbarlaringizdan maoshingiz oshirilishini soʻrab qiladigan iltimosingiz muvaffaqiyatli kechadi. Rahbariyat bu iltimosingizni bajonidil qabul qiladi. Shaxsiy hayotda esa buning aksini koʻrasiz. Juftingiz yoki boʻlgʻusi juftingiz bilan orangizdagi munosabatlar sovuqlasha borishi mumkin. Bunga yoʻl qoʻymaslik uchun yon berishingizga toʻgʻri keladi. Asabni asrang.
OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)
Kunni toʻliq pozitivda kechirish uchun oddiy usuldan foydalanishingiz kifoya qiladi. Yaʼni, ertalab uyqudan uygʻongach, kofe iching. Keyin esa oʻzingiz yashaydigan maskanda koʻproq piyoda sayr qiling. Kechga borib bu harakatlarning hosilasini koʻrasiz. Pul masalasi ham shu bahonada ijobiy hal etiladi. Oila qurishga ulgurmaganlar kechqurun romantik uchrashuvdan umid qilsalar yarashadi. Nasib boʻlsa, bu uchrashuv bir umr yodingizda saqlanib qoladi.
TOGʻ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
13 oktyabr kuni asablaringiz pand bera boshlaganini his etasiz. Atrofda sodir boʻlayotgan har bir holat jahdingizni qoʻzgʻaydi. Kimlar bilandir janjallashishgacha borishingiz mumkin. Biroq bilib qoʻying, agar oʻzingizni, emotsiyani idora eta olmasangiz, kelajakda buning jabrini tortishingiz tayin. Shuning uchun hech kimning koʻngliga ozor bermang. Kechqurun ayrimlar safarga otlanishlari kutiladi.
QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)
Kuningiz yengil kechmasligi mumkin. Bilib-bilmay jiddiy xatoliklarga yoʻl qoʻyishingiz kutiladi. Agar zudlik bilan oʻzingizni qoʻlga olmasangiz, begunoh insonlarni haqorat qilib, koʻngillariga ozor berishingiz turgan gap. Sukut va yana sukut! Shu narsa buguningiz uchun shiorga aylanishi lozim. Oilasizlarga oʻzi qattiq sevadigan, ammo munosabatlarni uzgan inson bilan munosabatlarni qayta yoʻlga qoʻyish uchun qulay imkoniyat tugʻiladi. Agar buni chin koʻngildan xohlayotgan boʻlsangiz, qoʻlingizga telefonni oling-da, tanish raqamni tering, vassalom!
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
13 oktyabr kuni har ishda oʻz nuqtai nazaringizga sodiq qolasiz. Sizni eng yaqin insonlarning noroziligi ham qiziqtirmasligi mumkin. Oʻylab koʻring, shu ishingiz kerakmikan? Kunning ikkinchi yarmida muammolar ortga chekinib, hayot yoʻlingizda yorqinlik koʻzga tashlana boshlashini xohlasangiz, ogʻir-bosiqlik bilan harakatlar sodir eting. Kimki bugun kechqurun olis safarga otlansa, albatta muvaffaqiyat qozonadi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi