10:36 / 07.12.2018
5 277

Nega ayollar erkaklarga nisbatan yomonroq qariydi?

Nega ayollar erkaklarga nisbatan yomonroq qariydi?
Inson umri va sog‘liq, o‘zaro chambarchas bog‘liq. Biroq odamlarda qiziq paradoks bor. Bir tomondan, qanday yoshda bo‘lishidan qat’i nazar, ayollarga qaraganda erkaklar orasida o‘lim darajasi yuqoriroq ekanligi ma’lum. Boshqa tomondan esa ayollar sog‘lig‘i vaqt o‘tgan sari yomonlashib boradi – ular erkaklardan ham yomonroq qariydi.

Buni nisbatan chidamsiz bo‘lgan erkaklar hayotining erta davrlaridayoq saralanishi bilan izohlash mumkin (axir erkaklar orasida o‘lim darajasi ayollarnikiga nisbatan yuqori). Shu sababli hayotining erta davridan o‘tib olgan erkaklar genetik va boshqa jihatdan kuchli bo‘ladi.

Biroq, Angliyaning Ekseter universiteti tadqiqotchilarining “Nature Communications” ilmiy jurnalida chop qilingan maqolasi paradoksni boshqacha tushuntiradi. Bu ikki jins orasida genetik konflikt, aniqrog‘i har ikki jinsning sog‘lig‘i va fitnesiga javob beruvchi genlar o‘rtasidagi to‘qnashuv bilan bog‘liq.

Fitnes va sog‘liq bir-biri bilan chambarchas bog‘liq va o‘xshash, lekin ular ayni bir xil narsa emas. Fitnes reproduktiv qobiliyat, ya’ni inson hayoti davomida qoldirishi mumkin bo‘lgan avlodlar soni bo‘yicha baholanadi. Shubhasiz, sog‘lom odamning nasl qoldirish ehtimoli yuqori bo‘ladi. Lekin ayollarda fitnes va sog‘liq ma’lum yoshda bog‘liqligini yo‘qotadi. Nasl qoldirish qobiliyati hayz ko‘rish to‘xtagandan so‘ng yo‘qoladi. Erkaklarda esa unday emas – ularning nasl qoldirish imkoniyati ayollarga nisbatan uzoqroq davom etadi.

Qarigan vaqtda erkaklar salomatligini saqlab qolishga yordam berib, lekin ayollarnikini yomonlashtirsa, bunday gen yashashda davom etadi. Tabiiy tanlanish uni yo‘q qilib yubormaydi. Axir u qarigan erkaklar salomatligini saqlashga, uning moslashuvchanligini oshirishga yordam beradi. Ayollar salomatligi esa bu yerda hech qanday rol o‘ynamaydi. Nazariy jihatdan erkaklar va ayollar genomi turlicha bo‘lsa, bunday muammoni chetlab o‘tish mumkin edi, lekin ularning genomlari bir xil.

Albatta, ayollar moslashuvchanligini oshiruvchi va salomatligini saqlashga yordam beruvchi hamda erkaklar organizmiga aks ta’sir etuvchi genlar ham mavjud. Lekin bunday genlar ayollar reproduktiv yoshda bo‘lgunicha ahamiyatga ega.

Manba: Turon24

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Nega ayollar erkaklarga nisbatan yomonroq qariydi?