QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun birinchi navbatda kun tartibi hamda ovqatlanish rejimiga qat’iy amal qilishingiz kerak. Reja bo‘yicha yashash unumli va foydali kechishini unutmang. Emotsiyangiz bugun me’yorda bo‘lmaydi. Buning natijasida janjallar keltirib chiqarishingiz turgan gap. Shaxsiy hayotda tafakkuringizga quloq tuting. Yaqin o‘tmishda to‘plagan tajribangizga suyaning. Yaqinlaringiz bilan munosabatlarni yanada yaxshilashga harakat qiling.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
11 fevralda rejada umuman bo‘lmagan safarga otlanishingiz kutiladi. Agar bu safar ishingiz bilan bog‘liq bo‘lsa, bosh tortishingiz noto‘g‘ri bo‘ladi. Umuman olganda, kuningiz ruhiy jihatdan og‘ir o‘tadi. Shuning uchun birovlar bilan behuda bahslashishingiz, janjallashishingiz tavsiya qilinmaydi. Arzimas kichik bir sabab ham sizning jahdingizni qo‘zg‘ashi hech gap emas. Shaxsiy hayotingizda aytarli muammolar bo‘lmaydi.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Moliyaviy balansni izdan chiqarishni xohlamasangiz, tejamkor bo‘ling, o‘tmish tajribangizga suyangan holda ish tuting. Basharti anchadan beri nimanidir sotib olish ilinjida bo‘lsangiz, bu ishni bugun qo‘rqmasdan amalga oshiraversangiz bo‘ladi. Moddiy jihatdan bugun ahvolingiz yaxshi kechadi. Faqat sotib olishingiz lozim bo‘lgan buyumning narxini oldindan aniqlab oling. Shunga qarab byudjetingizni hisob-kitob qiling. Kunning ikkinchi yarmida stressli holatlar, gastrit qaytalanishi, immunitet tushib ketishi kuzatilishi mumkin. Sport bilan buguncha shug‘ullanmaganingiz ma’qul.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
11 fevral kuni nafaqat vaziyatni, balki kayfiyatingizni ham nazorat ostida ushlashingiz tavsiya qilinadi. Kayfiyat o‘zgaruvchanligi kimlarningdir ko‘ngliga behuda ozor yetkazib qo‘yishingizga sababchi bo‘lishi mumkin. Ayrim juftliklar anchadan beri sha’riy nikohda yashayotgan bo‘lsalar, bugun rasman ZAGS dan o‘tishlari ehtimolga yaqin. Kun davomida favqulodda safarlarga chiqishingiz, yirik xaridlarga qo‘l urishingiz, xususiy mulk oldi-sotdisi bilan mashg‘ul bo‘lishingiz kutiladi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugun munosabatlaringiz a’lo darajada bo‘lgan inson bilan janjallashib qolishingiz ehtimoli bor. Shaxsiy biznesiga ega, savdo-sotiq bilan shug‘ullanadiganlarning kuni tug‘adi. Shubhasiz, bu holat daromad mo‘may kechishida o‘z aksini topadi. Tadbirkorlardan kimdir o‘ta foydali shartnomani imzolaydi. Shu shartnoma sabab yaqin kelajakda boyligingiz o‘n-o‘n besh hissa ortadi. Yoshi ulug‘ va bemor qarindoshlar holidan kechqurun albatta xabar oling. Juda vaqtingiz bo‘lmasa, telefon orqali bo‘lsa ham hol so‘rab qo‘ysangiz, savob bo‘lardi.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
11 fevralda moddiy jihatdan ahvolingiz mushkullashishi mumkin. Negadir yirik xaridlar qilishni istab qolasiz-u, pulingiz yetarli bo‘lib chiqmaydi. Nima qilish kerak? To‘g‘ri, bunday xaridlardan pul ko‘paymaguncha voz kecha turish kerak. Bundan boshqa ham pul bilan bog‘liq tashvishlaringiz qalashib yotibdi. To‘g‘ri emasmi? Kun davomida salomatligingiz bilan jiddiy shug‘ullaning. Ro‘zg‘or tashvishlarini bartaraf eting. Kechqurun sershovqin davralardan qoching. Yaxshisi, yolg‘iz qoling.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Kuningiz siz rejalashtirgandan butkul aksincha boshlanadi. Ammo bu sizning foydangizga. Agar ishxonadagi yumushlarni ado etishda o‘zingizga bo‘lgan ishonch yanada kuchaysa, hamkasblar orasida obro‘yingiz ham albatta ortadi. Rahbarlar sizni maqtab charchamay qo‘yadi. Bunga arziysiz. Pul bilan bog‘liq ishlarda tavakkalchilik, chuv tushishlardan ehtiyot bo‘ling. Salomatligingizga alohida e’tibor bilan yondashing.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
11 fevral kuni vujudingizda to‘ladan-da to‘laroq kuch va g‘ayrat bilan ish boshlaysiz. Aynan ular jiddiy muammolarni bartaraf etishda asqotishi mumkin. Oilasizlar tushdan keyin bo‘lg‘usi juftini uchratib tanishishlari mumkin. Hamkasblar orasida o‘zingizni yanada xotirjam tuting. Shunda munosabatlarga putur yetmaydi. Kechqurun sizga kimdir bir dasta pul tutqazishi kutiladi. Bu kayfiyatingizni ko‘tarib yuborishi turgan gap.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Kunning birinchi yarmida kelajakda homiy va yaqin do‘stga aylanishi kutilayotgan bir inson bilan tanishib qolasiz. Bu taqdirning navbatdagi hadyasi. Shukr qiling. Shaxsiy hayotda ham o‘zingizni diplomatlarcha tuting. Yaqinlaringizni ranjitadigan so‘zlarni tilingizga olmang. Salomatligingiz masalasida kechki payt ayrim muammolar paydo bo‘lishi mumkin. Bo‘g‘imlarni va umurtqa pog‘onangizni nihoyatda ehtiyot qiling.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
11 fevralda vaziyat sizning yetagingizda bo‘ladi. Demak, xotirjamlik bilan har bir vaziyatdan unumli foydalanish imkoniga ega bo‘lasiz. Shu bahonada yoshlarga tajribangizni singdirishga harakat qiling. Ular bilan bajonidil fikrlashing. Shunda do‘stlaringiz soni ham ko‘paya boradi. Kun davomida do‘stlar, tanishlardan maqtovlar eshitishingiz, olqishlar ostida qolishingiz haqiqatga yaqin. Asabni asrang.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Bugun o‘zgalarning fikriga asir bo‘lib qolmasligingiz tavsiya etiladi. Mayli, ularning fikri to‘g‘ri bo‘lsa ham ish bajarishda faqat o‘zingizga ishoning. Muhabbatda hali oila qurishga ulgurmaganlar o‘z oldilariga aniq bir maqsadni qo‘ygan holda harakatlar sodir etsinlar. Agar kimdir sizga yoqsa, uni ko‘rgach, yuragingiz jizillasa, ezgu maqsadga erishish yo‘liga tushing va so‘nggi marraga qadar ortga chekinmang. Sog‘lig‘ingizni ham ehtiyot qiling. Usiz hayotda niyatga yetib bo‘lmaydi.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
11 fevralda ish joyingizdagi yumushlarni bajarishda tub burilish hosil qiling. Inqilob sodir eting. Bu harakatlaringizni hamkasblar ham albatta qo‘llab-quvvatlaydi, ishoning. Oilaviy hayotingizda mayda ko‘ngilsizliklar yuz berish xavfi sezilmoqda. Emotsiyangizni jilovda tuting. Farzandlar bilan ko‘proq suhbatlashing. Kechqurun toza havoda uzoq vaqt sayr qiling. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi