19:54 / 08.03.2019
8 637

Yurakni sogʻlom saqlashning oson yoʻli topildi

Yurakni sogʻlom saqlashning oson yoʻli topildi
Yunonistondagi Afina Milliy Universitetining mutaxassislari guruhi nonushta va yurak sogʻligi oʻrtasidagi bogʻliqlikni topdi, deya xabar beradi “Daryo”.

Olimlar tadqiqot uchun Yunonistonning Korinf shahrining 40 dan 99 yoshgacha boʻlgan ikki mingdan ortiq aholisini jalb qildi. Ishtirokchilar oʻzlarining turmush tarzi haqida soʻzlab, zarur tahlillardan oʻtgan.

Aniqlanishicha, muntazam nonushta qilish qon tomirlarida yogʻ ajralish xavfini kamaytiradi va ularni yanada moslashuvchan qiladi. Muntazam ravishda nonushta tanovvul qilmaydigan odamlarda arteriyalarning qattiqligi 15 foizga oshadi.

Shuningdek, yurakning salomatligiga televizor koʻp koʻrish ham salbiy taʼsir qiladi. Haftada 21 soatdan ziyodroq televizor koʻrish qon bosimi oshishini 68 foizga va diabet rivojlanishini 50 foizga oshiradi.

Qayd etilishicha, uy ishlariga minimal ravishda ham energiya ajratish ham salomatlikka ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yurakni sogʻlom saqlashning oson yoʻli topildi