08:20 / 27.04.2019
3 896

Nonda xavfli modda aniqlandi – tadqiqot natijalari

Nonda xavfli modda aniqlandi – tadqiqot natijalari
Non tayyorlashda mahsulot mog‘or bosishini oldini olish uchun propionat moddasi qo‘shiladi. Bu gormon darajasi yuqori bo‘lishi, semizlik va qand kasalligiga olib kelishi mumkin. Buni Garvard universiteti jamiyat sog‘lig‘i maktabi tadqiqotchilari aniqlashdi.

Olimlar ilmiy ish natijalarini Science Translational Medicine jurnalida chop etishdi.
Ekspertlari ikkita sichqonlar va odamlarda tadqiqot o‘tkazishdi.

Birinchi ilmiy ishda sichqonlarga propionat moddasi kiritilgan. Keyinchalik bu sichqonlarda simpatik asab tizimini keskin faolashadi, gormon, ulardan glyukagon va noradrenalin va yaqinda kashf etilgan oqsil - FABP4 yog‘ kislotalarini bog‘lovchi moddalarning darajasini ko‘taradi.

Bu gormonlar sichqonlarning jigar hujayralari ko‘proq glyukoza ishlab chiqarishni boshlaydi, bu qand xastaligining o‘ziga xos xususiyati – giperglikemiyaga olib keladi.

Bundan tashqari, tadqiqotchilar sichqonlarga muntazam propionat moddasini kiritish, (odatda odamlar iste’mol qiladigan miqdorda) ortiqcha vazn to‘plashga olib kelishini aniqlashdi.

Ikkinchi tadqiqotda 14 nafar sog‘lom volonter ishtirok etdi. Ularni ikki guruhga bo‘lishdi: birinchisi ovqatga bir gramm miqdorda propionat moddasini qo‘shib iste’mol qilishgan, boshqa guruh esa platsebo qo‘shilgan ovqatni is’temol qilishgan.

Ovqatdan oldin, ovqatlanish vaqtida 15 daqiqali tanafuss vaqtida hamda ovqatdan so‘ng har 30 daqiqada ishtirokchilardan qon olinib, tahlil qilindi.

Tadqiqot natijasilarga ko‘ra, birinchi guruh ishtirokchilarida metabolik kasalliklar keltirib chiqaradi gormon (glyukon, noradrenalin va FABP4) darajasi yuqori bo‘lishi kuzatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Nonda xavfli modda aniqlandi – tadqiqot natijalari