18:57 / 18.07.2019
4 521

Sog‘likka umuman foydasi yo‘q, ammo biz shunday deb o‘ylaydigan 6 odat

Sog‘likka umuman foydasi yo‘q, ammo biz shunday deb o‘ylaydigan 6 odat
Salomatligimizni asrash yoki vaznimizni nazorat qilish yo‘lida ko‘plab qoidalarga amal qilishga harakat qilamiz. Afsuski, ular ichida mutlaqo nafi tegmaydiganlari va hattoki, organizm uchun zararlilari ham uchrab turadi. Quyida olim va shifokorlarning shu boradagi fikrlari, shuningdek qayta ko‘rib chiqish kerak bo‘lgan odatlar haqida ma’lumot beramiz.

1. «Ozish uchun limonli suv ichyapman»
Metabolizmni tezlashtirish va yog‘larni eritish — limon bo‘lakchasi qo‘shilgan suvning xususiyatlaridan biri sanaladi, har tongda nahorga va kun davomida ichish tavsiya qilib kelingan. Ammo gastroentrologlar fikriga ko‘ra suv limonli bo‘ladimi yoki yo‘q, u suvligicha qoladi ya’ni kaloriyasiz ichimlik hisoblanadi. Unda yuqoridagi xususiyatlarning hech biri yo‘q. Suv sovuqroq holatda bo‘lganidagina ozroq kaloriya sarfiga sabab bo‘lish ehtimoli bor, lekin bunga aynan limonning aloqasi aniqlanmagan.

Suv organizm odatdagiday ishlashi uchun zarur bo‘lgan namlantirish vazifasini o‘taydi. «Ozish»ning ob’ektiv omili: doimiy suv iste’moli natijasida oshqozon to‘la turadi va miya ovqat haqida o‘ylashni bas qiladi. Ammo limon yog‘larni erita olishdek mo‘’jizaga ega emas. Boshqa tarafdan olib qaraganda, limonli suv iste’moli orqali organizmga ozroq miqdorda S vitamini yetkazilishini ta’minlashi mumkin.

2. Glyuten iste’molidan qochish kerak, chunki u «zararli»
Glyutenning inson organizmiga zararlari haqidagi ko‘rsatmalar «seliakiya» kasalligiga borib taqaladi. Bu glyutenni mutlaqo ko‘tara olmaslik kasalligidir va undan Yerning 1 foiz aholisi aziyat chekadi. Shuningdek, glyuten organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi holatlar ham mavjud — barcha boshqa oqsillarga nisbatan bo‘lgani kabi glyutendan allergiya. Uchinchi holat esa, shifokorlar ta’kidlashicha, iste’moldan so‘ng ichak sohasida og‘riq, shish, bosh va bo‘g‘imlarda og‘riqqa sabab bo‘luvchi glyutenga nisbatan yuqori sezuvchanlik.

Sog‘lom kishilar uchun glyutenning hech qanday nojo‘ya ta’siri aniqlanmagan. Shifokorlarning ta’kidlashicha, glyutenni cheklash donli mahsulotlardan voz kechish orqali ro‘y beradi, ular esa organizm uchun zarur hisoblanadi. Uzoq umr ko‘rish va donli mahsulotlar o‘rtasida ham uzviy bog‘liqlik mavjud.

3. Qomatni asrash uchun yog‘lardan voz kechish
Oziq-ovqat tarkibidagi yog‘lar haqida yanglish salbiy tushuncha mavjud. Lekin yog‘ miqdori me’yorga muvofiq bo‘lgan mahsulotlardan voz kechish yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Albatta, yog‘ga va transyog‘ga to‘yingan — mayonez, pishiriqlar, margarin va shu kabilar hujayralarga hech qanday ijobiy natija ko‘rsatmaydi. Ammo yog‘ga yarim to‘yingan va kam to‘yingan oziq-ovqatlarni kunlik ratsiondan olib tashlamaslik kerak: pishloq, yong‘oq, yog‘li baliq, o‘simlik yog‘i, sut mahsulotlari.

4. Yuguramiz, chunki bu salomatlik uchun foydali
Shifokorlar ta’kidlashicha, ba’zan yoki kamdan-kam ravishda sport bilan shug‘ullanuvchi kishilar mashg‘ulotlarni yugurishdan emas, tez yurishdan boshlashlari kerak. Birdaniga yugurishga o‘tilishi tayyorlanmagan organizm, ayniqsa ortiqcha vaznlilar uchun xavfli.

Bo‘g‘imlar bilan muammolar, yurak devorlari qisqarishi, umurtqa disklarida salbiy holatlar va shu kabilar noto‘g‘ri yugurish ortidan sodir bo‘ladi. Siz yetarli darajada chiniqqan bo‘lsangiz ham, kuniga 50 daqiqadan ko‘p yugurish ham tavsiya etilmaydi.

5. Probiotiklarni tanovul qilib, prebiotiklardan voz kechamiz
Ushbu ikki atama tez-tez chalkashtirilishi sababli, quyidagilarni eslatamiz.

Probiotiklar — ichaklar mikroflorasini shakllantiruvchi tirik organizmlar bo‘lib, zararli mikroorganizmlarga qarshi kurashadi va immunitetni mustahkamlaydi. Ular orasiga turli xildagi bifidobakteriyalar va laktobakteriyalar kiradi. Sutli mahsulotlar va tuzlangan karam yoki bodring iste’moli orqali ular sonini oshirish mumkin.

Prebiotiklar — hazm bo‘lmaydigan va organizm tomonidan o‘zlashtirilmaydigan oziqlarning kimyoviy komponentlari bo‘lsa-da, insonning keng ichak mikroflorasi bilan fermentlanadi va probiotiklar o‘sishini, hayotiy faolligini rag‘batlantiradi. Banan, pomidor, donga to‘yingan mahsulotlar va shunga o‘xshash oziq-ovqatlarda mavjud.

Ular bir-biri bilan uzviylikda faoliyat olib boradi va shuning uchun ichaklardagi mikroflorani me’yorda ushlash uchun ikkisining iste’molini balansda tutish zarur.

6. Shakar o‘rniga shakar o‘rnini bosuvchilardan foydalanamiz
Shakar o‘rini bosuvchilar iste’moli sababli organizmdagi adenosin trifosforan kislotasi (quvvatning asosiy omili) zaxirasi yo‘qolib boradi. Hujayralardagi glyukoza konsentratsiyasi pasayadi, chunki uni shakar va shakar tarkibli mahsulotlar to‘ldirib borayotgan edi. Ushbu yetishmovchilik inson bosh miyasi va asab tizimining to‘g‘ri ishlashi uchun muhim bo‘lgan moddalar sintezining sekinlashishiga olib keladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Sog‘likka umuman foydasi yo‘q, ammo biz shunday deb o‘ylaydigan 6 odat