20:53 / 04.11.2019
5 390

Shifokorlar: Har kuni yuvinish xavfli

Shifokorlar: Har kuni yuvinish xavfli
Dermatologlar har kuni dush qabul qilmaslikni maslahat bermoqda. Negaki bu salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, deyiladi «Xabar» nashrida.

Suv terining tabiiy himoyasini yuvib tashlashga qodir. Agar suv issiq bo‘lsa, terini quritib yuborishi va kichik yoriqlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bundan tashqari, o‘ta issiq dush qabuli yurak xuruji xavfini 5 baravarga oshiradi.

Yuvinish vositalari ham teriga salbiy ta’sir ko‘rsatadi: foydali bakteriyalarni halok qiladi. Bu infeksiyalar rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Bordi-yu, har kuni dush qabul qilmaslikning iloji bo‘lmasa, dermatologlar 15 daqiqadan ortiq cho‘milmaslikni tavsiya etishadi. Bunda terining tabiiy himoyasi saqlab qolinadi.
Tana tozaligini saqlash uchun, yaxshisi, kiyim-kechaklarni tez-tez almashtirib turish lozim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Shifokorlar: Har kuni yuvinish xavfli