date
views 116 065

Tushda gulni ko‘rish nimaning alomati deb o‘ylaysiz?

Tushda gulni ko‘rish nimaning alomati deb o‘ylaysiz?
Gul baxtli hodisaning ramzi sifatida qabul qilingan. Tushdagi gul - bu omad va boylik belgisi. Agar tushingizda yangi ochilgan gul gavdalansa, demak, sizning hayotingiz quvonch va baxtga to‘la bo‘ladi. Olimlarning aytishicha, rang-barang gullar turli xil ma’noga ega ekan.

Quyida ularning ta’rifini keltirib o‘tamiz:
1. Qizil gul-zo‘ravonlik

2. Moviy gul-o‘zidan voz kechish

3. Sariq gul-salomatlik

4. Binafsha gul-maqsadga erishish

5. Pushti hamda oq gullar-qalb sofligi


Agarda inson tushida bir quchoq gul ko‘rsa, uning hayoti sevgi va muhabbatga limmo-lim bo‘ladi.
Hali oila qurmagan insonlar tushida gul ekkanini ko‘rsa, kelajakda o‘zlariga munosib umr-yo‘ldosh topishlari olimlar tomonidan aytib o‘tilgan.
Siz tushingizda gul terayotgan bo‘lsangiz, demak, sizning sa’y-harakatlaringiz yaqin kunlarda o‘z mevasini beradi.
Bemor inson tushida gulning iforidan zavq olsa, tez orada uning sog‘ligi yaxshilanadi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, har qanday gul yaxshilik ramzidir. Zero tushingizda gul ko‘rsangiz, bilingki, siz chindan ham baxtli insonsiz.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Tushda gulni ko‘rish nimaning alomati deb o‘ylaysiz?