07:00 / 02.03.2020
4 398

Go‘dak va Ona! Yosh ayol va chaqalog‘ining yurakni jumbushga keltiradigan qisqa hikoyasi...

Go‘dak va Ona! Yosh ayol va chaqalog‘ining yurakni jumbushga keltiradigan qisqa hikoyasi...
Go‘dakning go‘zalligi uni hayratga soldi. Jingalak sarg‘ish sochlari, katta ko‘k ko‘zlari, ko‘tarilgan burun va kichkina qizil lablari - barchasi mo‘’jizaning o‘zi edi, u ayol ko‘rgan eng samimiy qizaloq edi. U baxmaldek qizg‘ish yanoqlarini qattiq o‘pib, jannat hididan bahramand bo‘lay deganida: «Menga tegmang ...» degan ovoz eshitildi.

"Menga termulishga haqqingiz yo‘q
..." Ayol qo‘rquvdan hayrat bilan atrofga qaradi. Xonada undan boshqa hech kim yo‘q edi. Yana o‘sha ovoz eshitildi, bolaga o‘girildi. Voy xudoyim! .. Garchi u chaqaloq bo‘lsada, tilga kirib gapirar edi. "Men sizni onam bo‘lishingizni xohlamayman", deb davom etdi go‘dak. "Darhol mendan uzoqlashing ..."

Ayol bu gapdan hayratga tushdi: "To‘g‘ri bizning uyda bari o‘g‘il bolalar, ammo qizlar o‘zgacha, qizalog‘im. Shuning uchun seni o‘pmoqchiman".
"Siz meni o‘pa olmaysiz", deb yig‘lab yubordi chaqaloq. - Men ham o‘pa olmayman ... - Nega? - deb so‘radi ayol. - Nega bunday qila olmaysan, tushunmayapman[/i]?

Chaqaloq hiqichoqqa botib ketarkan: "Buning sababini yaxshi bilasiz" dedi. Ayol nima bo‘layotganini eslamoqchi bo‘lganida o‘ziga keldi. U xususiy shifoxonaning eng hashamatli xonasida yotardi va uyqu dori ta’sirida behush edi. Taniqli shifokor xonani to‘ldirgan gullardan birini vazadan olib, ayolga uzatdi: "Tabriklaymiz, xonim", dedi u. “Muvaffaqiyatli abort bo‘ldi. Ha …!” Nahotki, u mening jajjigina "qizalog‘im" bo‘lsa …

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Go‘dak va Ona! Yosh ayol va chaqalog‘ining yurakni jumbushga keltiradigan qisqa hikoyasi...