06:30 / 09.03.2020
2 988

Farzandingizda qanday jarayon kechayapti?

Farzandingizda qanday jarayon kechayapti?

Farzandingiz yolg‘on gapiryaptimi?
YECHIMI: Unga xotirjamlik in’om eting. Bola agar qo‘rqmasa, bosim va tahdid ostida bo‘lmasa u yolg‘on gapirmaydi. Unga osoyishta va tinchlikni xis ettiring.

Farzandingiz qaysarmi?
YECHIMI: U o‘jarlik qilib turganda, siz unga xilof ish qilmang. Chunki u sizning aks ish qilayotganingizni ko‘rsa, qaysarligini oshiradi!
Unga muhabbatingizni berib, bag‘ringizga oling.

Farzandingiz serharakatmi?

YECHIMI: Uni harakatli faoliyatlar bilan mashg‘ul eting. Shokolad tanavvul etishini kamaytiring. Chunki shokolad uning energiyasini oshirib yuboradi. Unga biron-bir yoshiga mos mas’uliyatlikni topshirib qo‘ying.

Farzandingizning oziqlanishi zaifmi?
YECHIMI: Uni aslo bunga majbur etmang. Balki, uni o‘ynayotganida ovqatlantiring yoki aka-ukalari bilan raqobat uyushtirib, oziqlantirishga harakat qiling. Taomlarini rangli mevalar bilan bezab bering.

Farzandingiz kichik ukalarini urayaptimi?

YECHIMI: Uni kichik ukalari bilan solishtirmang. Ularga beradigan mehr-muhabbatingizni adolatli eting. Biri qolib boshqasiga ehtirom ko‘rsatayotganingizni ularga zinhor bildirmang.

Farzandingiz elektron o‘yinlariga o‘chmi?
YECHIMI: O‘yin vaqtlarini sekin astalik bilan kamaytirib boring. To‘satdan uni o‘yinlardan mahrum etmang. Aks xolda o‘yinga bo‘lgan ehtirosi ilgariga nisbatan yanada kuchliroq bo‘lib, zo‘rayib ketadi.

Farzandingiz axloqsiz va odobsiz so‘zlarni talaffuz etayaptimi?
YECHIMI: Unga ovozingizni ko‘tarib ovvora bo‘lmang. Balki, yumshoqlik bilan tshuntiring. Va unga "tilning pokligi dilning pokizaligidan" deb ayting va sabablarini ham keltirishga harakat qiling.

Farzandingizda barmog‘ini so‘rish yoki tirnog‘ini tishlash odati bormi?
YECHIMI: Demak farzandingiz osoyishtalikga muhtoj. Unda biron-bir tahdiddan yoki yomon narsalarni sezish evaziga, qo‘rqish hissi bor.

Farzandingizning g‘azabi tezmi?
YECHIMI: Unga g‘azab bilan javob qaytarmang. Balki, g‘azablanganida tahorat olishni o‘rgating. So‘ngra unga "tinchlan, keyin kelishib olamiz" deb ayting.

Farzandingizning shaxsiyati zaifmi?
YECHIMI: Unga ishonch baxsh eting. Yoshiga mos kelgan biron-bir narsaga bo‘lgan mas’uliyatlikni topshirib qo‘ying. Unga osoyishtalikni ato eting. Unga shaxsiyati zaif ekanligini bildirmang va uni sport klublariga a’zo ettiring. Chunki sport ruhi va badani uchun foydalidir.

Farzandingiz o‘g‘irlik qildimi?
YECHIMI: Uni "o‘g‘ri" degan so‘z bilan haqorat qilmang. Balki, tanholikda unga nasihat qiling. Olgan narsasini darrov qaytarsin. Va uni o‘g‘irlik qilishiga sabab bo‘lgan omillarni aniqlab, farzandingizni davolang. Uning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondiring.

Farzandingizda balog‘atlik alomatlari bilindimi?
YECHIMI: Uni poklik odobiga o‘rgating. Va uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkam eting. Aslo uning ko‘rinishidan va ovozidan kula ko‘rmang. Bundan buyon o‘z axloqlari uchun o‘zi mas’ul ekanligini bildiring.

O‘g‘lingizda ayollarga xos alomatlarni payqadingizmi?
YECHIMI: Sekin astalik bilan qizlar bilan bo‘lgan aloqasini chetlatib, uni ko‘proq erkaklar safiga qiziqtiring. Hamda biroz dag‘allikni ham o‘rgating.
Agarda qizlarda erkaklarga xos harakatlarni sezsangiz, buning aksini qiling.

Farzandingiz qaysarlik qilib, uyg‘onishi bilan yig‘laydimi?
YECHIMI: Uning boshini mehr bilan silang va uning sevgan laqablarini aytib erkalang. So‘ngra «Oyat al-kursi»ni past ovoz bilan o‘qing.

Farzandingiz o‘yinchoqlar do‘konida qaysarligini qila boshladimi?
YECHIMI: Uni asabiylashmasdan chalg‘iting. Aslo uning talabiga, tinchlanganida ham ko‘na ko‘rmang. Yo‘qsa, ushbu odatga ko‘nikib qolishi hech gap emas.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Farzandingizda qanday jarayon kechayapti?