date
views 4 481

Suratlarga qarab, ruhiyatingizni aniqlang

Suratlarga qarab, ruhiyatingizni aniqlang

Suratga qarang, nimani ko‘rayapsiz?

A) To‘tiqush
B) Palma daraxti
V) Qo‘l

To‘tiqush
Quvonch va baxt belgisi. Atrofdagilar doim siz taratayotgan ijobiy quvvat tomon intilishadi. Kishilar bilan oson muloqotga kirishasiz, ammo ishonuvchanligingiz tufayli aziyat chekkan paytlaringiz ham ko‘p bo‘ladi.

Palma daraxti
Ta’tilni sog‘inganingizni bildirib turibdi. Siz yozni xush ko‘rasiz, xushchaqchaqlik, o‘yin-kulgi bor joyda siz ham hozir-u nozirsiz. Biroz hordiq chiqargach, ishlash lozimligini ham unutmang.

Qo‘l
Rahnamolik, boshqaruvchilik belgisi. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar vaziyatni nazorat ostida ushlab turishga intilasiz. Tug‘ma boshliqsiz, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatgan barcha ishlaringiz xamirdan qil sug‘urgandek oson kechadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Suratlarga qarab, ruhiyatingizni aniqlang