Ko‘rsatkich va uzuk taqiladigan barmoqlar uzunligiga qarab qo‘lingizni suratlar bilan taqqoslang. A, V yoki C suratlardan qay biriga to‘g‘ri kelar ekan.
Agar qo‘lingiz A rasmga o‘xshasa...
Agar sizning ko‘rsatkich barmog‘ingiz uzuk taqiladigan barmog‘ingizdan qisqaroq bo‘lsa, unda siz jozibali, suhbatlashish oson va o‘zingizga jalb etuvchan insonsiz. Shuningdek, siz boshqalarga qaraganda qat’iyatliroq bo‘lasiz va xavf-xatarni yengishga moyil bo‘lib, kutilmagan muammolarni hal etishingiz mumkin. Shu bilan birga juda hamdard va kuyinchaksiz. Ko‘rsatkich barmoqlari qisqa odamlar ko‘pincha muhandis va olim bo‘lishadi, shuningdek krossvordlarni yechishda ularga teng keladigani yo‘q!
Agar barmoqlaringiz V rasmiga o‘xshasa...
Ko‘rsatkich barmoqlaringiz uzuk barmoqlariga qaraganda uzunroqmi? Unda siz o‘ta dadil va o‘zingizga ishonasiz! Yolg‘iz bo‘lishga qarshi emassiz va o‘z jamoangizdan zavqlanasiz. Vaqtingizni arzimas narsalarga sarflash sizga yoqmaydi. Odatda har qanday vaziyatda, xoh ishbilarmonlik borasida yoki shaxsiy munosabatlarda bo‘lsin birinchi qadamni qo‘yishni xohlamaysiz. Harqalay, ehtiyotkorlikka yuqori baho berasiz va xushmuomalalik bilan maqtovni qabul qilasiz.
Agar barmoqlaringiz C rasmdagidek bo‘lsa...
Sizni tinchliksevar va yaxshi xulqli deb aytishadi - shuning uchun siz mojaroli vaziyatlarni yoqtirmaysiz! Siz kirishimlisiz va barchaga yaxshi munosabatda bo‘lasiz. Siz sodiq do‘stsiz, shuningdek hamkorsiz va ishda fidoyiligingiz bilan barchani hayratda qoldirasiz. Biroq, ba’zida tez jahlingiz chiqib ketadi, shunda hatto kichik kelishmovchilik ham katta tortishuvga aylanishi mumkin, shunday paytda yoningizdagilar sizga qarshi chiqishdan ko‘ra siz tomon bo‘lishni afzal ko‘rishadi! Ehtimol siz katta huquqshunos yoki siyosatchi bo‘larmidingiz? “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi