12:25 / 21.03.2020
13 164

Qanday qilib "jozibador" bo‘lish mumkin?

Qanday qilib "jozibador" bo‘lish mumkin?
Ayolning go‘zalligi bo‘yalgan qoshi yoki uzun sochlarida emas. Ayolning go‘zalligi uning jozibadorligidadir. Jozibador bo‘lish sirlari qadimdan hammani qiziqtirgan.

Erkakka yoqish uchun pomada surish yoki qoshni bo‘yash shart emas. Erkak tabiatan ayolning jozibadorligiga uchadi. Hech sezganmisiz, "oddiygina" ayol ba’zida erkakni boshini butunlay aylantirib qo‘yadi. Nega shunday, deb o‘ylaymiz. Bunga sabab ayolning jozibadorligi. Rus tilida "seksualnost" degan so‘z bor. Bizning maqolada jozibadorlikni aynan shu ma’noda qo‘llaymiz.

Ayol jozibador bo‘lishi uchun kuchli bo‘yanishi, ochiq-sochiq kiyinishi ham shart emas. Ayolning jozibadorligi ko‘rinmaydi. Ichidan chiqadi. Buni erkak tabiati bilan his eta oladi. Eringiz sizga hamisha talpinishini, sizga jismonan va ruhan zor bo‘lishini istasangiz jozibador bo‘lishni biling. Quyida jozibador bo‘lish uchun amaliy maslahatlar taqdim etamiz:

1. Doim kulib yuring, kulib yuradigan ayol erkakka yoqadi.

2. O‘zingizga ishoning. O‘zingizning go‘zalligingizga shubha qilmang. Eringiz sizni tanladimi, demak uning uchun ham go‘zalsiz. Mana shu ishonchni eringizda ham, o‘zingizda ham so‘ndirmang.

3. Eringizdan "qochib yuring". U ovchi bo‘lsin.

4. Uyda bolalar yoki qarindoshlar bo‘lganida eringizga har xil yoqimli ishoralar qilib yuring. Sizning xayolingiz unda ekanligini bilsin. Ba’zida ko‘pchilik orasida unga asta teginib o‘ting. Hayajon bossin.

5. Jiddiy bo‘lmang. Jiddiylik hech bir ayolga yarashmaydi.

6. Qiziqarli bo‘ling. Eringiz siz bilan suhbatlashishni xush ko‘rsin. Aqlingiz unga yoqadigan suhbatga yetmasa, o‘qing, bilim orttiring, yuksaling.

7. O‘zingizga qarab yuring. Go‘zal bo‘lish uchun emas, o‘ziga qaragan ayol o‘zini yaxshi his etadi. O‘zini sevishni boshlaydi. Bu esa erkakka yoqimli ko‘rinadi.

8. Erkalaning. Erkak yaxshi kayfiyatda bo‘lganida unga erkalash uchun bir mushuk kerak.

9. Tunda hissiyotlaringizdan uyalmang. Eringiz o‘sha payt sher ekanligini his etsin.

10. Shirin so‘z bo‘ling. Tili shirinlik jozibadorlikning asosidir.

Bularning barini eringiz yaxshi kayfiyatda bo‘lgandagina qo‘llab ko‘ring. Natijasi tez orada namoyon bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qanday qilib "jozibador" bo‘lish mumkin?