Ro‘za tutmaslikni yoki tutgan bo‘lsa ham ochishni muboh qiluvchi amallar to‘qqiztadir:
1. Bemorlik (halok bo‘lishi, biror a’zosiga talofat yetishi, yangi kasallik paydo bo‘lishi, mavjud bemorligi ziyodalashishi xavfi bo‘lsa. Yuqoridagilar holatlarni uzr bo‘lishini sharti-musulmon, o‘z kasbini mohir ustasi, adolatli shifokor tomonidan tavsiya bo‘lishidir. G‘ayri din, sohasini ustasi bo‘lmagan, ibodatlarga beparvo shifokorlarning tavsiyalari qabul qilinmaydi.)
Kasal o‘z joniga yoki biror a’zosiga talofat yetishidan xavf qilsa bil ijmo’ ro‘zasini ochaveradi; Fatavoi Hindiya
2. Safar qilish (musofir kishi ro‘za tutish-tutmaslikda ixtiyorlikdir. Imkoni bo‘lsa tutgani afzaldir. Ro‘za tutmasligi mumkinligiga shariat tomonidan ruxsat berilgan. Ro‘za tutganidan so‘ng safarga chiqsa, ro‘zasini ochishga ruxsat berilmaydi. Ochib yuborsa qazo lozim bo‘lib, kafforot vojib bo‘lmaydi. Ro‘za tutganidan so‘ng safarni niyat qilsayu, o‘z shahridan chiqib ketishidan avval yeb-ichib yuborsa kafforot lozim bo‘ladi.)
3. Majburlanish (majburlash ikki qism bo‘ladi: 1) halok qilish yoki biror a’zosiga talofat yetkizish, qattiq urish; 2) bu darajaga yetib bormagan majburlash. Agar salomat va muqim bir kishini o‘limtik, qon, to‘ng‘iz go‘shtini yeyishga majbur qilinsa, majburlash turi birinchi qismga oid, ya’ni o‘ldirib yuborish, biror a’zosiga talofat yetkazish yoki qattiq urish kabi bo‘lsa, unga yuqoridagi narsalarni iste’moli halol bo‘ladi.
Sabr qilib yemasdan o‘lib ketsa gunohkor bo‘ladi. Birinchi qismga oid majburlash bilan kufr so‘zini aytishga, ibodatlarni bajarmaslikka zo‘rlansa, qalbi iymonga hotirjam bo‘lib, kufr so‘znini tilga olsa, ibodatlarni bajarmasa kofir, gunohkor bo‘lmaydi, lekin tilga olmasa, ibodatlarni bajarsa va natijada vafot etsa savobga ega bo‘ladi.
Kasal, musofirlar birinchi qismga oid majburlash bilan ro‘za tutishga majburlansalar ro‘zalarini ochadilar, balki vojib ham bo‘ladi. Hattoki, ro‘zasini ochishdan bosh tortib o‘lib ketsalar gunohkor bo‘ladilar.)
Agar o‘laksa, qon, to‘ng‘iz go‘shtini yeyishga yoki xamr ichishga ortiqcha qiynamay zo‘rlasa: qamab, urib, kishanlash kabi ularni yeyish va ichish halol bo‘lmaydi. Agar qattiq zo‘rlasa: o‘ldirish, biror a’zosiga talofat yetkazish, qattiq urish kabi halol bo‘ladi. sabr qilaman, yemayman, desayu, o‘lib ketsa gunohkor bo‘ladi. Shuningdek kufrga shu kabi qattiq zo‘rlansa qalbi iymonga hotirjam bo‘lsa kufr lafzini aytishligiga ruxsat beriladi. Aytmasa, sabr qilsa, savob oladi. Ro‘za, namoz kabi Allohning haqlarini buzish ham shuningdekdir. (Roddul Muhtor)
4. Homiladorlik
5. Sut emizish (homilador yoki emizikli ayol o‘zining yoki bolasining joniga nuqson yoki halokat yetish xavfi bo‘lsa, ro‘za tutmaslikka, tutgan bo‘lsa ochib yuborishga ruxsat beriladi. Bu narsalarni tajriba yoki gumoni g‘olib bo‘lishi yoki musulmon, o‘z ishishi ustasi bo‘lgan shifokor tavsiyasi bilan bilinadi.)
Homilador yo emizikli ayol o‘z jonlariga yoki bolalariga xavf sezsalar ro‘zani qazo qiladilar. Ularga kafforot vojib bo‘lmaydi. Xulosada ham shunday keltirilgan; Fatavoi Hindiya
6. Ochlik
7. Chanqoqlik (bu holatlar halokat yoki bemorlikka olib borsa, ro‘zani ochishlik uzr sanaladi)
8. Qarilik (erkagu ayol yoshi ulg‘ayib, ro‘za tutishga qudrati yetmasa, bu holat umrining oxiriga davom etsa, ro‘za tutmasdan badaliga fidya to‘lashlari lozim bo‘ladi.)
Tanvirda “Ro‘zadan ojiz qolgan yoshi ulug‘ kishiga ro‘za tutmasligi joiz bo‘ladi va fidya to‘laydi”, deyilgan. Fatavoi Hindiya.
Shuningdek surunkali kasallikka duchor bo‘lganlar ham.
Salomat bo‘lishdan umidini uzgan surunkali kasallikka duchor bo‘lgan bemorga kasalligi tufayli har kunlik ro‘zasini evaziga fidya to‘lashi vojib bo‘ladi. Roddul Muhtor.
Agar yuqoridagi kishilar yozning uzun kunlarida tutolmay, qishning qisqa kunlarida tutshga qudratlari yetsa, ro‘za tutishlari farz bo‘lib, fidya kifoya qilmaydi.
9. Safarbarlik
Ba’zilar hayz, nifos, behushlik va jinnilik, nafl ro‘zalarda ziyofatni ham ro‘za tutmaslik uchun uzrlar safiga qo‘shganlar.
Manba: Fiqh.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
NATO rahbariyati g‘arbdagi yirik kompaniyalarni urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi
AQSH Yaponiyaga HIMARS tizimlarini joylashtiradi
2050 yilda 1,2 milliardgacha odam yashash joyini tark etadi
Toshkentda 7,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagan sex aniqlandi
Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi
Ro‘ziqul Berdiyev: "12 ta mag‘lubiyatsiz seriya qayd etgandik, hozir esa ketma-ket to‘rtta mag‘lubiyat"
Qur’onni yoqqani uchun qamalgan Nikita Juravelga yangi hukm o‘qildi