Foto: Getty Images
Ko‘pchilik qayta ishlangan — sharbat, oq non va donli mahsulotlardan tayyorlangan nonushta bilan kunni qarshi oladi. Bu mahsulotlar tarkibida tozalangan shakar mo‘l bo‘lib oshqozon, yurak faoliyati uchun zararli hisoblanadi.
Shirinlik bilan nonushta qilish
Sizda kun davomida holsizlik, hayotiy quvvatning yetishmasligi kuzatilayotgan bo‘lsa, bu nonushtaga shirinlik iste’mol qilishingiz bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shirinlik tanavvul qilganingizdan keyin, organizmda insulin har doimgidan ko‘proq ishlab chiqariladi buning oqibatida esa, holsizlik va befarqlik kuzatiladi. Keragidan ortiq shakar iste’moli, qandi diabet va vazn to‘plashga olib keladi.
Kraxmalga boy nonushtaning zarari
Sizda charchoq, ochlikni tez his qilish va asabiylashish kabi o‘zgarishlar kuzatilayotgan bo‘lsa, demak zudlik bilan taomnomangizni o‘zgartirishingiz kerak. Kraxmal va shakarga boy mahsulotlardan tayyorlangan nonushtadan keyin holsizlik, lohaslik kuzatilishi tabiiy.
Sog‘lom nonushta qanday bo‘lishi kerak?
Mevali salat
Foto: «Yandeks Dzen»
Barra mevalardan tayyorlangan salat foydali nonushta uchun yaxshi variant. Tongni olma, apelsin, banan, qovun yoki muzlatkichingizda bor mevalardan tayyorlangan salat bilan qarshi oling.
Tabiiy yogurt
Yong‘oq, rezavor va mevalardan tayyorlangan tabiiy yogurt esa foydali ekani bilan birga, kun bo‘yi yaxshi kayfiyatda bo‘lishingizga sababchi bo‘ladi.
Mevali bo‘tqa
Suli yormasiga chernika, bodom qo‘shib tayyorlangan bo‘tqa ham klechatka, ozuqa moddalari va oqsil hamda foydali yog‘larga boy ekani bilan eng yaxshi nonushtalardan biri bo‘la oladi.
Avokadoli omlet
Foto: «Yandeks Dzen»
Yana bir variant —yurak faoliyati uchun foydali bo‘lgan to‘yingan yog‘lar, vitamin va minerallar koni bo‘lgan avokado va tarkibida kaliy ko‘p bo‘lgan pishloqdan tayyorlangan omlet hisoblanadi.
Brinza va tvorogli buterbrod
Brinza, tvorog va tuxum qo‘shib tayyorlangan buterbrod ham kunning mukammal boshlanishi garovi.
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Qashqadaryoda erkak ayoli va chaqalog‘ini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi
Bayden hozircha Ukrainani NATOga taklif etishga chaqirmaslikka qaror qildi
Oq uy Ukrainaga Rossiya hududiga ATACMS raketalarini qo‘llashga ruxsat berganini tasdiqladi
Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin murabbiy futbolchilarni qamab qo‘ydi
Gavining qilig‘i Flikka yoqmadi: “Aql o‘rgatishni senga kim qo‘yibdi?”
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
Yangi Zelandiyada maori qabilasi oqsoqolining portreti auksionda rekord narxda sotildi