09:18 / 24.07.2020
4 302

Erta tongda ichish tavsiya etiladigan 6 xil foydali sharbat

Erta tongda ichish tavsiya etiladigan 6 xil foydali sharbat
Foto: Sm News
Kishi tongni qanday qarshilanishi kunning qanday o‘tishida muhim rol o‘ynaydi. Tongda ichish tavsiya qilinadigan mazkur ichimliklar esa inson salomatligi va o‘zini qanday his qilishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Seldereydan tayyorlangan sharbat
Tarkibida deyarli kaloriya bo‘lmaydigan mazkur ichimlik jigarni tozalash uchun samarali hisoblanadi. Sharbatni tongda, uyqudan turgandan 15-30 daqiqa o‘tganidan keyin yoki taomdan so‘ng iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Lavlagi sharbati
Lavlagidan tayyorlanadigan mazkur ichimlik ham yuqoridagi singari jigardan zaharli moddalarni haydab chiqarish xususiyatiga ega. Lavlagi tarkibidagi betoin esa jigar faoliyatini yaxshilashda ahamiyatli sanaladi.

Tarvuz sharbati
Ushbu ichimlik organizmdagi suv balansini me’yorda saqlash xususiyatiga ega. Tarvuz tarkibidagi C, A vitaminlari immunitetning mustahkamlanishi, teri salomatligi uchun ayni muddao. Shunga qaramasdan, mazkur sharbat tarkibida yetarli miqdorda shakar borligini unutmaslik kerak.

Yashil sharbat
Karam, ismaloq, petrushka, olma, limon, bodring va selderey qo‘shib tayyorlanadigan yashil ichimlikni «yoshlik eliksiri» deb atasa ham xato bo‘lmaydi. Sharbat tarkibidagi ozuqa moddalari energiyaga to‘la bo‘lish va organizmning faol ishlashida xizmati katta.

Apelsin va sabzidan tayyorlangan sharbat
Magniy va ruxning koni hisoblanadigan ushbu ichimlikning immunitet uchun foydasi beqiyos. Biroq apelsin va sabzidan tayyorlangan sharbat qondagi shakar miqdorini oshirib yuborishi mumkinligini inobatga olib, me’yorida iste’mol qilish kerak.

Limon va zanjabilli sharbat
Immun tizimi uchun mazkur ichimlikdan a’losi bo‘lmaydi. A, C, B1 va B2, shuningdek, magniy, kalsiy, fosfor, natriy hamda temirning koni bo‘lgan sharbatni muntazam ichish davomida turli kasalliklarning oldini olish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Erta tongda ichish tavsiya etiladigan 6 xil foydali sharbat