06:57 / 25.07.2020
24 834

Tushda mushukni ko’rish nimaning alomati deb o’ylaysiz?

Tushda mushukni ko’rish nimaning alomati deb o’ylaysiz?
Biz bilamizki, tushda inson biron bir narsa ko‘rsa, albatta uning hayotida o‘sha ko‘rgan narsasi o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Keling, bugun tushda mushuklarni ko‘rganda qanday hodisalar ro‘y berishi haqida so‘z yuritsak.

Agar tushingizda mushuk tasvirini ko‘rsangiz, bu sizning shaxsiy ijodingiz, kuch-g‘ayratingiz yoki bo‘lmasam, yaqinlashib kelayotgan baxtsizlik, omadsizlik va betartiblikdan darak beradi. Albatta, bularning hayotingizda qay biri amalga oshishi, sizning mushuklarga bo‘lgan munosabatingizdan tezda anglashilib olinadi.

Agarda sizning tushingizda mushuklar sizga suykalsa yoki divanga chiqib olsa, tizzangizga o‘tirib olgan bo‘lsa, demak bu yaxshilikka. Sizni xayrli hamda barokatli ishlar kutmoqda.

Agarda sizning tushingizda mushuklar hadeb g‘ashingizga tegaversa yoki ularni doimo hiyla-nayranglikka usta deb bilsangiz va ulardan jirkansangiz, demak sizning hayotingizda noxush hodisalar ro‘y berishi mumkin.

Shu sababli, har doim qanday tush ko‘rishingizdan qat’iy nazar, yaxshilikka yo‘ying, zero sizning hayotingiz faqat xayrli ishlardan iborat bo‘lsin!

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tushda mushukni ko’rish nimaning alomati deb o’ylaysiz?