date
views 4 373

Koronavirusga chalinganlar uchun qay biri muhim:: jismoniy faollikmi yo ko‘proq dam olish?

Koronavirusga chalinganlar uchun qay biri muhim:: jismoniy faollikmi yo ko‘proq dam olish?
Savol: Koronavirusni yuqtirib olgan insonlar jismoniy faollik bilan shug‘ullanishlari tavsiya etiladimi yoki ko‘proq dam olishlari kerakmi?​

Ushbu savolga Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti UASH malakasini oshirish kafedrasi dotsenti Dilfuza Hasanova javob berdi:
Javob: Hammasi me’yorida bo‘lishi kerak. Kasalligi alomatsiz yoki yengil shaklda kechayotgan bemorlar nafas tizimi funksional holatini va jismoniy faollikni unutmasliklari kerak, ya’ni har kungi ertalabki qizdiruvchi 10-15 minutlik badantarbiya mashqlari juda muhim.

Nafas gimnastikalarini kun davomida 3 marta, imkon qadar 5-10 minutdan amalga oshirish kerak. Chuqur nafas olish 6 sekund davomida va sekin nafas chiqarish 4-5 martagacha. Bu mashqlar virusning o‘pka to‘qimasiga moyilligi borligi uchun ham yaxshi shamollatilgan xonada bajarilishi kerak.

Nafas gimnastikasining juda xilma xil turlari mavjud: Burdenko usuli, Yoga, Tibet usullari. Ularni har bir kishi mustaqil ravishda ijtimoiy tarmoqlardan topib, har kim o‘zi uchun mosini tanlab, o‘zlashtirishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Koronavirusga chalinganlar uchun qay biri muhim:: jismoniy faollikmi yo ko‘proq dam olish?