08:27 / 19.09.2020
2 873

Vazn tashlashga samarali yordam beradigan 4 ta hamyonbop parhez

Vazn tashlashga samarali yordam beradigan 4 ta hamyonbop parhez
Foto: «Domashniy ochag»
To‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis, kosmetolog, fitnes murabbiylariga vazn tashlash masalasi bo‘yicha murojaat qilinadi. Lekin bu ishni uy sharoitida har kim o‘zi amalga oshirishi ham mumkin. Buning uchun talab qilinadigan asosiy narsa — e’tibor va talabchanlik. Ortiqcha vazn egalari parhez uchun ham alohida tayyorgarlik ko‘rib, moddiy mablag‘ sarflashining keragi yo‘q. Samarali parhez uchun barcha ko‘makni oshxonadan olish mumkin.

Kartoshka parhezi
Odatda har qanday parhez turida soha vakillari kartoshka mahsulotini ratsiondan chiqarib tashlashni tavsiya etadi. Ammo bu safar uning aksini sinab ko‘rish mumkin. Albatta, birgina kartoshkadan 10-20 kilogrammlab vazn kamaytirishni kutish noto‘g‘ri. Lekin har kim intilishiga ko‘ra 3 yoki 4 kilogrammga ozishi mumkin.

Kartoshka parhezi qandli diabetga chalingan, homilador va ona suti orqali farzandini oziqlantiradigan ayollarga tavsiya etilmaydi. Shuningdek, parhezga vitamin va komplekslar ham kiritiladi.

Muddati 3-14 kungacha davom etadi. Parhez qilish juda oson, pechda pishirilgan kartoshka 6 porsiyaga bo‘linib, soat 18:00 gacha kun davomida iste’mol qilinadi. Unga tuz, ziravor va yog‘ aralashtirish mumkin emas. Shu bilan birga, vitamin va minerallar qabul qilish, ko‘p miqdorda suv ichishni unutmaslik zarur. Agar 14 kun shu tarzda parhez qilishga kirishilsa, parhezning oxirgi 4 kunida kartoshkaga biroz tuz va yog‘ qo‘shish mumkin. Shuningdek, parhez vaqtida amalga oshirilgan jismoniy mashqlar yaxshi natija ko‘rsatishi tabiiy.

Kefir parhezi
Buyrak, ovqat hazm qilish organlari kasalligi, oshqozon kislotaliligi mavjud bo‘lgan insonlarga ushbu parhez qat’iyan man etiladi.
Parhez davomiyligi 3 kundan 9 kungacha. Natija 3-6 kilogrammni tashkil etishi mumkin. Buning uchun 1,5 litr yog‘siz kefirni soat 19:00 gacha kun davomida iste’mol qilish kerak. Shuningdek, parhezni boshqacharoq amalga oshirish ham mumkin. Masalan, 9 kunlik parhezning dastlabki uch kunida faqat kefir, keyingi uch kunida olma va oxirgi uch kunida yana kefir tanovul qilish ham mumkin. Agar ushbu parhez bilan birgalikda sport bilan shug‘ullanilsa, natija a’lo darajada qayd etilishi aniq.

Grechka parhezi
Umuman olganda, eng qiyin parhez turidan biri. Ushbu parhezda bir stakan grechka mahsuloti hech qanday ziravorlarsiz faqatgina suvda pishirib olinadi. Agar miqdori kun davomida iste’mol qilish uchun kam bo‘lsa, yana biroz qo‘shish mumkin. Bu eng sodda parhez bo‘lishiga qaramay, har qanday odam ham bardosh berishi qiyin. Qaynatilgan grechka 18:00 ga qadar kun davomida qabul qilinadi. Tana suvsizlanib qolmasligi uchun suv yoki oddiy ko‘k choy ichishni unutmaslik kerak. Shuningdek, parhez davomida grechka mahsulotiga 150 gramm quritilgan meva qo‘shish mumkin. Muddati 3-14 kun davom etadigan parhez tufayli 10 kilogrammgacha vazn yo‘qotish kuzatiladi.

Guruch parhezi
Ushbu parhez orqali 9 kun davomida 3 kilogramm vazn tashlash mumkin. Jismoniy faollik tavsiya etilmaydi, uni toza havoda sayr qilish bilan almashtirish yaxshi natija beradi. Shuningdek, ko‘p miqdorda suyuqlik ichish tavsiya etiladi. Dastlabki 3 kunda hech qanday ziravorlarsiz qaynatilgan guruch iste’mol qilish kerak. Agar allergiya bo‘lmasa, ozroq soya qo‘shish mumkin. Keyingi uch kunda bug‘da pishirilgan tovuq go‘shti, albatta, hech qanday ziravorlarsiz iste’mol qilinadi. Oxirgi uch kunlikda esa faqatgina turli navdagi olmalardan yeyishga ruxsat beriladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Vazn tashlashga samarali yordam beradigan 4 ta hamyonbop parhez