Ayol chaqalog‘ining to‘q teri rangini erining ko‘p kofe ichgani bilan izohladi

Janubiy Floridada 22 yoshli ayol to‘q teri rangiga ega o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgani ortidan noodatiy holat yuzaga kelgani aytilmoqda. Chaqaloqning teri rangi uning turmush o‘rtog‘ini hayratda qoldirgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, erkak rafiqasidan farzandining teri rangi nega bunday ekanini so‘ragan. Ayol esa homiladorlik davrida erining ko‘p miqdorda kofe ichganini sabab sifatida ko‘rsatgan. Erkak dastlab xotinining tushuntirishiga ishongan va undan shubhalangani uchun o‘zini aybdor his qilgan.
Qayd etilishicha, juftlik turmush qurganiga sakkiz oy bo‘lgan. Shunga qaramay, ular birga yashashda davom etmoqda. Erkak esa yangi tug‘ilgan farzandiga mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgani aytilmoqda.
Mazkur voqea ijtimoiy tarmoqlarda turli munosabatlarga sabab bo‘lgan. Shu bilan birga, hikoyada keltirilgan ayrim tafsilotlar mustaqil ishonchli manbalar orqali tasdiqlanmagan.






























Izohlar 0
…