Foto: «Forumsamogon.ru»
Chakanda, brusnika, bodrezak, chetan, limon kabi nordon mevali ichimliklarni iste’mol qilish immunitetni ko‘tarishning samarali usuli hisoblanadi. Uni tayyorlash uchun mevani suvli bankaga solib, maydalash kerak. Bunday ichimlik koronavirusni yuqtirish xavfini kamaytirishga ham yordam beradi. Bu haqda «NEWS.ru» bilan suhbatda rossiyalik terapevt Olga Burlakova ma’lum qildi.
Limon yoki rezamevali suv organizmda kislota-ishqor muvozanatini tiklashga hamda uni ko‘p miqdorda vitaminlar bilan to‘yintirishga yordam beradi. Bu odamning immun tizimiga nihoyatda ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Faqat toza suv ichishni unutmaslik kerak, deya ta’kidlaydi terapevt. Kamroq kasal bo‘lish uchun tana vaznining har bir kilosi uchun 30 ml.dan suyuqlik ichish tavsiya etiladi.
Immunitetni mustahkamlashga, shuningdek, propolis tindirmasi ham yordam beradi. Uni og‘iz bilan burunga tomizish kifoya.
Bundan tashqari, ko‘p kasal bo‘lmaslikka yerqalampir, vasabi va qalampir ham yordam beradi. Gap shundaki, ular odam immun modulyatsiyalovchi hujayralarning taxminan 70%i joylashgan hazm qilish tizimini rag‘batlantiradi.
Immunitetni kuchaytirishga ona suti ham yordam beradi. Negaki, u oziq moddalarning chinakam xazinasi sanaladi. Uni habdori yoki mumiyo ko‘rinishida ham topsa bo‘ladi, deydi Burlakova.
Agar odam ko‘p kasal bo‘lishni xohlamasa, immunomodulyatorlarni qabul qilishdan bosh tortishiga to‘g‘ri keladi. Chunki immun tizim bunday dori preparatlariga nisbatan nihoyatda ta’sirchan bo‘ladi.
Immunomodulyatorlar odamning ko‘p kasal bo‘lmasligiga yordam bermaydi, aksincha, sog‘lig‘ini battar yomonlashtiradi. Agar odam bunday preparatlarni uzoq vaqt qabul qilsa, uning immun hujayralari mo‘ljaldan adashib, organizmdagi bakteriya va viruslarni «tanimay» qoladi. Bu esa pandemiya davrida juda xavfli. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi