Samsung Galaxy Z Fold 9 juda yupqa korpusda chiqarilishi mumkin

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- Samsung Galaxy Z Fold 9 ochilgan holatda 3,9 mm, yigʻilgan holatda esa 7,9 mm qalinlikdagi korpus bilan taqdim etilishi kutilmoqda.
- Agar bu maqsadga erishilsa, qurilma oldingi avlodlarga nisbatan sezilarli darajada yupqa boʻladi.
- Shuningdek, smartfonda ekran ostiga yashiringan kamera texnologiyasidan foydalanish ehtimoli ham bor.
- Galaxy Z Fold 9 ning rasmiy taqdimoti 2027-yil yoz oylariga moʻljallangan.
Samsung oʻzining kelgusi buklanuvchi flagman smartfoni dizaynida keskin oʻzgarishlar qilishni rejalashtirmoqda. Mashhur kro_roe insayderining tarqatgan maʼlumotlariga koʻra, kompaniya injerlar oldiga yangi Galaxy Z Fold 9 modeli korpusi qalinligini ochilgan holatda atigi 3,9 millimetrga, yigʻilgan holatda эsa 7,9 millimetrga yetkazish vazifasini qoʻygan. Ushbu koʻrsatkichlar mobil sanoatda yangi bosqichni boshlab berishi kutilmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Agar janubiy koreyalik texnologiya giganti oʻz oldiga qoʻygan ushbu ulkan maqsadga erisha olsa, yangi avlod qurilmasi oldingi modellarga nisbatan sezilarli darajada ingichka boʻladi. Xususan, Galaxy Z Fold 9 yigʻilgan holatda taxminan 1,8 millimetrga, yoyilgan holatda esa 0,6 millimetrga yupqaroq koʻrinishga keladi. Bu esa oʻta yupqa texnologiyalarni yaratish yoʻlidagi muhim qadam hisoblanadi.
Texnik yangiliklar va kutilayotgan oʻzgarishlar
Hozirgi vaqtda kelgusi flagman haqidagi maʼlumotlar unchalik koʻp emas. Biroq insayderlarning taʼkidlashicha, korpus qalinligining qisqarishidan tashqari, qurilmada yana bir muhim innovatsiya qoʻllanishi mumkin. Unga koʻra, Samsung Galaxy Z Fold 9 smartfonida toʻgʻridan-toʻgʻri ekran ostiga yashiringan kamera texnologiyasidan foydalanish ehtimoli bor. Bu esa foydalanuvchilarga toʻliq va mukammal displey taqdim etish imkonini beradi.Taʼkidlash joizki, kro_roe insayderi texnologik olamda oʻzining ishonchli xabarlari bilan tanilgan. Jumladan, u oʻtgan yili One UI 7 interfeysining beta-test sinovlari boshlanish muddatlarini aniq va xatosiz maʼlum qilgan edi. Shu bois uning bu galgi sizdirgan maʼlumotlari ham texnologiya ixlosmandlari orasida katta qiziqish uygʻotmoqda.






























Izohlar 0
…