Koronavirusdan keyin quvvatsizlikka qarshi qanday kurashish kerak?

1 daqiqa o'qish4.8K
Koronavirusdan keyin quvvatsizlikka qarshi qanday kurashish kerak?
Foto: «B17.ru»
Koronavirusni boshidan o‘tkazgan bemorlarda kuzatiladigan asosiy alomatlardan biri bu surunkali charchoqdir. Ushbu holatdan xalos bo‘lish uchun harakat qilish kerak, deydi Italiya umumiy amaliyot shifokorlari federatsiyasi bosh kotibi Silvestro Skotti.

Shifokorning ta’kidlashicha, o‘zini izolyatsiya qilgan 700 ming bemordan 200 ming nafari koronavirus asoratlarini boshidan o‘tkazadi.
Karantin holatida bo‘lganda ham kun tartibiga o‘rtacha jismoniy yuklamalarni kiritish mumkin, dedi Skotti. Bunday jismoniy tarbiya uchun sport anjomlari ham talab etilmaydi.

— Imkon qadar 4-5 ming qadam bosish, zinapoyadan ko‘tarilish (yo‘lda hech kimni uchratmasangiz bo‘lgani), hech bo‘lmasa chorak soat velotrenajyor tepkisini aylantirish lozim. Oddiy mashqlarni bajarish tavsiya etiladi. Eng asosiysi, charchoq hissi paydo bo‘lganda to‘xtab qolmaslik, — deya maslahat berdi shifokor.

Mutaxassisning fikricha, ba’zi hollarda doimiy charchoq hissi psixologik sabablarga ko‘ra kelib chiqishi mumkin. Hol-ahvolga ruhiy tushkunlik, kam harakat turmush tarzi va uyda ishlash ta’sir qiladi. Shunga ko‘ra, Skottining fikricha, koronavirusga chalinganlarning ahvolini va sog‘aygandan keyin holatini kuzatib boradigan dastur ishlab chiqish zarur.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?