Foto: Freepik
Ba’zi vaqtda uyqudan avval bir bo‘lak shokolad, uyg‘onganda qahva iste’mol qilishni istash tabiiy hol bo‘lishi mumkin, ammo bu xohishning qayta va qayta takrorlanishi organizmda bir gap borligidan dalolat beradi.
Shakar va shirinliklar
Bir porsiya shirinlikdan keyin qonda qand miqdori oshadi va insulin ishlab chiqarila boshlaydi. Bunda kishi o‘zini energiyaga to‘lgandek his qiladi, ammo ma’lum muddatdan keyin yana yegisi keladi. Uni kamaytirish uchun esa meva, sabzavot va oqsilga boy boshqa mahsulotlar iste’mol qilish kerak, chunki ular ham energiyaga boy bo‘ladi va uzoq vaqtga yetadi. Shirinlikka bo‘lgan moyillik organizmda rux, magniy va xrom bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunda shirinlik o‘rniga vitamin iste’mol qilish kerak.
Shokolad
Ayollardagi shokoladga bo‘lgan moyillik gormonal o‘zgarishlar, shuningdek, magniy yetishmovchiligi bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shokoladni haddan ortiq iste’mol qilib yubormaslik uchun mutaxassislar taomga kakao kukuni qo‘shishni va tarkibida kakao kam bo‘lgan shirin batonchalardan tiyilishni maslahat beradi.
Uglevodlar — non, makaron va kartoshka
Tadqiqotlarda aniqlanishicha, uglevod stressni yengishga yordam beradi, ammo sizda hammasi joyida bo‘lsa, muammo uyqu yetishmasligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Charchaganda organizmga energiya kerak bo‘ladi, glyukoza va uglevodlar bu borada yordam bera oladi. Uglevodli taomlardan tiyilish uchun esa foydali yog‘ va oqsilga boy taomlar iste’mol qilish, shuningdek, asabiylashmasdan, tiniqib uxlash kerak.
Pishloq
Doimiy ravishda pishloq iste’mol qilishni istash ratsionda yog‘ yetishmasligini bildiradi. Ayollar organizmida yog‘ foizi erkaklarnikidan ko‘p bo‘ladi va gormonlarning me’yorda bo‘lishi uchun yetarlicha foydali yog‘ iste’mol qilish kerak. Pishloq kalsiyga boy sanaladi, ammo uni me’yorini bilish kerak. Uning o‘rniga tuxum, baliq, yong‘oq yeyish mumkin.
Qizil go‘sht
Qizil go‘sht yeyishni istash organizmda B12 va temir moddasining yetishmasligidan dalolat beradi. Temir moddasi immun tizimiga yordam beradi va organizmni kislorod bilan ta’minlanishiga hissa qo‘shgani sabab ham uning yetishmasligi charchoqni his qilish, biron narsani bajarishga xohishning bo‘lmasligiga sabab bo‘ladi. Parhezshunoslar qizil go‘shtni haftasiga bir marta iste’mol qilishni, vegetarianlarga esa vitamin qabul qilishni maslahat beradi.
Tuzli taom
Sho‘r yoki tuzli taom yeyishga organizmning suvsizlangani sabab bo‘lishi mumkin. Bir stakan suv iching, zaytun yoki tuzlangan bodring iste’mol qiling. Taom tayyorlaganda oddiy tuz o‘rniga dengiz tuzidan foydalaning.
Choy yoki qahva
Choy va qahva ichish yaxshi, lekin har soatda emas. Kofeinga o‘rganib qolish, usiz biron narsa bilan shug‘ullanishga ishtiyoq yetishmasligi va bosh og‘rishiga olib keladi. Organizmga kalsiyning so‘rilishiga yordam beradigan fosfor yetishmayotgan bo‘lishi mumkinligi sababli ushbu ichimliklar o‘rniga yong‘oq va pista iste’mol qilish tavsiya qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi
Namanganda olib qochilgan avtomobil «Qamchiq» dovonida to‘xtatildi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
Jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallarini hisoblashning yangi tartibi tasdiqlandi