Odatda, aksariyat ofis xodimlari bosh og‘rig‘i, ko‘z ichi qizarishi (achishish, qichishish), bel sanchiqlari, qorin dam bo‘lishi va oyoq uvishishi kabi muammolardan shikoyat qiladi. Ushbu holat zamonaviy tibbiyotda «ofis xodimi sindromi» deyiladi. CCV Matbuot xizmatining shu boradagi savollariga Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati direktorining o‘rinbosari Nurmat Otabekov javob beradi.
— Ofis xodimi sindromi o‘z-o‘zidan yuzaga kelmaydi. Shunisi ma’lumki, ish staji hali u qadar katta bo‘lmagan xodim ham ushbu sindrom bilan kasallanishi mumkin. Quyida kimlar xavf guruhiga kiritilishi va ogohlantiruvchi simptomlar haqida ma’lumot beramiz.
Ortiqcha vazn.
Xizmat taqozosi bilan bir joyda o‘tirib ishlaydigan kishilar kamharakat bo‘lishadi. Bilasiz, jismoniy faollik sust bo‘lsa, tanada qon aylanishi me’yorda kechmaydi.
Oshqozon-ichak trakti kasalliklari.
Asosiy sabab – noto‘g‘ri ovqatlanish, shuningdek, yo‘l-yo‘lakay tamaddi qilish odatining mavjudligi.
Yurak-qon tomir xastaliklari.
Tamaki va spirtli ichimliklar iste’mol qilish, ko‘p miqdorda kofein moddasi qo‘shilgan ichimlik (qahva, achchiq choy) ichish, stress, uyqusizlik – muammoning bosh omillari hisoblanadi.
Kichik tos a’zosi bezovtaliklari, bavosil.
Yana o‘sha gap, bir joyda uzoq vaqt o‘tirib ishlash tanada qon aylanishini izdan chiqaradi. Kishi avval ham bavosil bilan og‘rigan bo‘lsa, xastalikning qaytalanish ehtimoli yuqori.
Quruq ko‘zlar sindromi.
Kompyuterdan muntazam foydalanuvchilarda ko‘z ichi qizarishi (achishish, yoshlanish) holati ko‘p kuzatiladi. Sababi esa monitordan tarqaluvchi yorqin nurdir. Shuningdek, konditsioner havosi ham ko‘zlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Nafas yo‘llari kasalliklari.
Xonada 5-6 nafar xodim ishlasa va ulardan biri grippga chalingan bo‘lsa, kasallik qo‘zg‘atuvchi infeksiya havo-tomchi yo‘li orqali boshqalarni ham zararlashi mumkin.
Mushak va bo‘g‘im og‘riqlari.
Harakatsiz holatda (ko‘pincha engashib o‘tirish) uzoq vaqt o‘tirilsa, bo‘g‘imlar «qotib» qoladi. Qon yetib kelishi to‘liq bajarilmagani bois oyoq uvishadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi
Namanganda olib qochilgan avtomobil «Qamchiq» dovonida to‘xtatildi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
Jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallarini hisoblashning yangi tartibi tasdiqlandi