O‘zbekistonliklarning o‘rtacha umr ko‘rish yoshi uzaymoqda

O‘zbekistonda so‘nggi 15 yil davomida aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi oshdi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2010 yildan buyon erkaklarning tug‘ilganda kutilayotgan o‘rtacha umr davomiyligi 71 yoshdan 75 yoshga yetgan.
Ayollarda ham bu ko‘rsatkich o‘sgan. 2010 yilda ularning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 74,7 yoshni tashkil etgan bo‘lsa, keyingi 15 yilda 77,9 yoshgacha ko‘tarilgan.
Erkaklar va ayollar o‘rtasidagi o‘rtacha umr davomiyligi farqi ham qisqargan. 2010 yilda bu tafovut 3,7 yil bo‘lgan, hozir esa 2,9 yilni tashkil etmoqda.
Shuningdek, O‘zbekistonda 85 yosh va undan katta aholi soni 168 973 nafarga yetgan. Ularning 86 805 nafari erkaklar, 82 168 nafari esa ayollardir.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…