Foto: Legion Media
Kundalik turmushda keng tarqalgan ba’zi xatolar zararsiz dori-darmonlarni ham xavfli qilib qo‘yishi mumkinligini bilasizmi? Agar ularni qabul qilish, saqlash yoki to‘g‘ri kelmaydigan mahsulotlar bilan birga qabul qilish qoidalariga rioya qilmasangiz, hatto eng zararsiz dorilar ham sog‘liqqa xavf solishi mumkin. Mazkur xatolar quyidagilardan iborat:
Qabul qilayotgan dorilar haqida shifokorga aytmaslik
Afsuski, keksaygan sayin ko‘proq dori ichishga to‘g‘ri keladi. Agar shifokorga biror-bir shikoyat bilan murojaat qilsangiz, uning qanday dorilarni qabul qilayotganingizni bilishi muhimdir. Agar siz barcha dorilarning nomlari, shuningdek, ulardan foydalanish vaqti bilan ro‘yxat tuzib, shifokorga ko‘rsatsangiz ayni muddao. Bu unga tashxis qo‘yishda, shuningdek, to‘g‘ri davolanish rejimini tanlashda yordam beradi. Shuningdek, ushbu ro‘yxatga qabul qilayotgan vitamin va o‘simlik preparatlarini ham kiritishni unutmang.
Vitaminlarni dorilar bilan birgalikda qabul qilish
Hamma dorilar ham vitaminlar bilan yaxshi «chiqisha olmaydi»: ba’zi hollarda ularni birga qabul qilish dorilar ta’sirini kuchaytirishi, susaytirishi yoki butunlay bekor qilishi mumkin. Bu holat o‘simlik preparatlariga ham tegishli. Odatda ko‘pchilik dorivor o‘tlarni zararsiz deb hisoblaydi. Ammo ko‘plab dorivor o‘simliklardagi faol moddalar tarkibi shu kabi ta’sir ko‘rsatadigan dorilarga qaraganda ancha yuqori bo‘ladi. Shu sababli tabletka yoki tomchi dorilarni o‘tli damlamalari bilan bir vaqtda qabul qilish yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Dorilarni tartibsiz qabul qilish
Shifokor tomonidan tavsiya etilgan preparatlardan samarali natijaga erisholmaslikning eng oson usuli — dorilarni qabul qilish rejimini buzishdir. Masalan, ulardan yo‘riqnomada ko‘rsatilganidan kamroq yoki muntazam foydalanish, och qoringa ichish kerak bo‘lgan dorini ovqat bilan birga qabul qilish kabi. Shuni yodda tutingki, preparatlardagi faol moddaning tanaga singishi va organizm tiklanishiga yordam berishi uchun u to‘xtovsiz ravishda va oziq-ovqat yoki spirtli ichimliklar aralashuvisiz yetib borishi zarur.
Yoshga mos bo‘lmagan dorilarni ichish
Yodingizda bo‘lsinki, yoshlarga mos keladigan ko‘plab dorilar yoshi kattalar uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Agar 65 yoshga yaqinlashib qolgan bo‘lsangiz, albatta, bu borada shifokor bilan maslahatlashing. Bunday hollarda ba’zi dorilarni yoshingizga mosini tanlab, sog‘liq uchun xavfsizrog‘i bilan almashtirgan ma’qul.
Dorilarni nomuvofiq oziq-ovqat va ichimliklar bilan qabul qilish
Ba’zi preparatlarni oziq-ovqatlar bilan birgalikda ichish mutlaqo mumkin emas. Agar doimiy ravishda statin qabul qilsangiz, greypfrut yemasligingiz, gormonal kontraseptivlardan foydalansangiz, choy bilan ichmasligingiz kerak. Avvalo dorilar ta’sirini kesadigan mahsulotlar ro‘yxatini ko‘rib chiqing!
Dorilar dozasini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish
Preparatlarni qabul qilish dozasidagi har qanday o‘zgarishlar faqat shifokor bilan maslahatlashganidan so‘ng amalga oshirilishi lozim. Agar sizga dori kuchsiz yoki juda kuchli ta’sir qilayotgandek tuyulsa ham, dozani oshirishga yoki kamaytirishga hech qachon urinib ko‘rmang. Ko‘plab dorilar sekin-astalik bilan ta’sir qiladi, dozani oshirish esa jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Qo‘shimcha ta’sirlarga e’tibor bermaslik
Dori qabul qilganingizda qo‘shimcha ta’sirlar yuzaga kelsa, ular o‘z-o‘zidan yo‘qoladi degan umidda chidab yurmang. Organizmingizda kelib chiqqan alomatlar haqida shifokorga ayting hamda maslahatlashgan holda uni o‘zingizga mos keladigan boshqa preparatga almashtiring. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
Farg‘onada noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin murabbiy futbolchilarni qamab qo‘ydi
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Iroqda 37 yilda ilk bor aholi ro‘yxatga olinib, ularning soni ochiqlandi