Foto: Business Insider
Anchadan buyon o‘ylab yurgan orzularni amalga oshirish, sayohat qilish yoki kattaroq xarid qilish uchun ko‘p maosh olishdan tashqari uni o‘ylab hisob-kitob bilan sarflash ham muhim sanaladi.
Ko‘chada ovqatlanmang
Taomni uyda tayyorlashga va tushlikni o‘zingiz bilan olib yurishga urinib ko‘ring. O‘ylab ko‘ring, siz taom xarid qilishga ketkazgan pulga qancha mahsulot olish va uni necha kunga yetkazish mumkin.
Do‘stlaringizni uyga mehmonga taklif qiling
Do‘stlar bilan vaqtni nafaqat restoran va kinoda, balki uyda ham maroqli o‘tkazish mumkin. Qiziqarli o‘yin va ko‘ngilochar dasturlar tuzishingiz, xarajatlarni esa teng taqsimlashingiz mumkin. Yo bo‘lmasa, bor mahsulotlardan ozgina fantaziyani ishga solib, mazali taom tayyorlasangiz ham bo‘ladi. Gap shundaki, u yoki bu yerga borish uydan ko‘ra ancha qimmatga tushadi. Masalan, kinoga borib, pul sarflamasdan, uyda yaxshi film diskini tomosha qiling. Popkornni esa uy sharoitida tayyorlasangiz ham bo‘ladi. Ishoning, pulingiz sezilarli darajada tejaladi.
Jamoat transportidan foydalaning
Avtomobil haydash va taksidan foydalanish qulay, albatta, ammo bu oylikni ko‘kka sovurishdan boshqa narsa emas. Metro va avtobus mablag‘ingiz tejalishiga yordam beradi. Masalan, Xalqlar do‘stligidan Darxongacha taksida o‘rtacha 10 ming so‘mga kelishingiz mumkin. Borish va qaytish esa deylik, 20 ming so‘m bo‘ladi. Uning o‘rniga metrodan foydalansangiz, kelish va ketishingiz 2800 so‘mga tushadi. Qay birini tanlash esa sizning xohishingiz va cho‘ntagingizga havola.
Sevimli mashg‘ulotni daromad manbayiga aylantiring
Bu usul pulni tejashga va oylikdan tashqari qo‘shimcha daromad topishga yordam beradi. Asosiysi esa jur’at topish hamda bulochka pishirish, kashta tikish va surat chizish orqali ham pul topish mumkinligini unutmaslik. Nimaga ko‘proq qiziqasiz-u, nimaning uddasidan yaxshiroq chiqasiz, o‘ylab ko‘ring. Keyin esa sizning ijod mahsulingiz kimlarni qiziqtirishi mumkinligi va qayerda yaxshi ketishi haqida bosh qotiring va shunga asosan ishlaringizni rejalashtiring.
Plastik karta emas naqd puldan foydalaning
O‘zingizga o‘zingiz keraksiz xarajat qilmaslikka so‘z berib, do‘kondagi chiroyli ko‘ylak yoki kosmetik vositaning oldida irodasizlik qilmaganingizga aminmisiz? Olishga olib, bunaqasi bor edi, bekor bunday qildim, deb afsuslanmaganingizga-chi? Maosh tushganidan keyin plastik kartani hamyonda olib yurishning oqibati mana shunday yakun topishi ko‘p kuzatiladi. Shu sabab ham kundalik xarajatlaringiz va har ehtimolga qarshi biroz ko‘proq naqd pul olib, ko‘chaga chiqing. Kartangiz esa uyda qolsin.
Chegirma va aksiyadagi mahsulot va buyumlarni xarid qiling
Yaqini shu, deb oldingizdagi qimmat do‘kondan xarid qilgandan ko‘ra biroz erinmasdan, aksiya va chegirmalar ketayotgan savdo markazlari hamda do‘konlarga tashrif buyuring. Ijtimoiy tarmoqlarda do‘konlarning rasmiy sahifasini kuzatib tursangiz, bunday yangiliklardan xabardor bo‘lasiz.
Bepul Wi-Fi’dan foydalaning
Bu ahamiyatsiz va kichik tuyilgani bilan sizga ancha pul tejash va yig‘ishga yordam beradi.
Maoshingizning ma’lum qismini jamg‘arib qo‘ying
Maoshingizni kerakli xarajatlarga sarflashdan tashqari ma’lum qismini ishlatmasdan yig‘ib qo‘ying. Har oy 100 ming so‘mdan olib qo‘ygan taqdiringizda ham bir yilda yig‘ilib, 1 million so‘m bo‘ladi. Ko‘proq yig‘sangiz, shunga yarasha ko‘proq jamg‘ariladi. Yuqoridagi tavsiyalarga amal qilsangiz xarajatlar kamayadi va ko‘proq pul to‘plashingizning iloji bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Yevropa Chempionlar Ligasining 5-turida qanday natijadar qayd etildi?