16:00 / 27.04.2021
2 968

Hech qanday sababsiz ozish: vazn tashlashga olib keluvchi sog‘liqdagi 6 muammo


Foto: Pinterest
Insonning vazni doim ham bir xil og‘irlikda bo‘lavermaydi. Ba’zida ortishi yoki kamayishi ham mumkin. Ammo 6 oy mobaynida hech qanday sababsiz vaznning 5 foizi yo‘qolgan bo‘lsa, demak, sog‘liqda e’tiborsiz qolayotgan muammolar mavjud.

Gipertireoz
Ushbu holatda qalqonsimon bez haddan tashqari ko‘p faol gormonlarni ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu nafaqat vazn yo‘qotish, balki yurak urish tezligining oshishi, uxlash bilan bog‘liq muammolarni ham keltirib chiqaradi. Bu vaziyatda zudlik bilan endokrinologga murojaat qilish zarur.

Seliakiya (glyutenga allergiya)
Ushbu autoimmun kasallikda organizm glyuten moddasini hazm qila olmaydi va bu ingichka ichak devorlarini bezovta qiladi. U ko‘ngil aynishi va diareya bilan birgalikda kuzatiladi. Ba’zida ushbu kasallikni oddiy zaharlanishdan farqlash qiyin. Ammo alomatlar davom etsa, gastroenterologga tashrif buyurish lozim.

Depressiya
Ishtaha depressiya ta’sirida yo‘qolishi ham mumkin. U ko‘pincha, yomon kayfiyat, qaror qabul qila olmaslik va uyqu bilan bog‘liq muammolar bilan birga kuzatiladi va bu psixoterapevt ko‘rigidan o‘tishga arziydi.

Pankreatit
Ma’lumki, oshqozon osti bezi ovqat hazm qilishga yordam beradigan moddalar ishlab chiqaradi. Agar uning ishlashida muammolar bo‘lsa, juda ko‘p vazn yo‘qotish ehtimoli ham yo‘q emas. Shuningdek, oshqozon og‘rig‘i, yog‘li ovqatlarni hazm qilishda muammolar tufayli gastroenterologga murojaat qilish mumkin.

Qandli diabet
Ma’lumki, kasallik birinchi navbatda vazn kamayishiga olib keladi. Chunki tana glyukozani hazm qila olmaydi va uni peshob orqali chiqarib yuboradi. Natijada bemorda hamisha chanqoq hissi paydo bo‘ladi. Buning uchun qonda qand miqdorini tekshirtirish tavsiya etiladi.

Revmatoid artrit
Immunitet tizimi yanglish ravishda sog‘lom to‘qimalarga hujum qilishi natijasida ishtaha yo‘qoladi va vazn kamayadi. Bunday holatda terapevt bilan maslahatlashish kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Hech qanday sababsiz ozish: vazn tashlashga olib keluvchi sog‘liqdagi 6 muammo