2 506
Oziqlantiring va namlantirishni unutmang: teriga 30 yoshdan keyin qanday parvarish kerak?
Foto: Cosmopolitan
Necha yosh bo‘lishdan qat’i nazar terini parvarish qilish muhim sanaladi. Yoshlikda yog‘li teri va husnbuzarlarga qarshi kurashish asosiy bo‘lsa, yosh o‘tishi bilan ajin va pigment dog‘lar tushishining oldini olish kerak.
Namlantirish va terini tozalashning o‘zi vaqt o‘tishi bilan kamlik qiladi. Terining yangilanishi va rangi tiniq va sog‘lom bo‘lishiga hissa qo‘shuvchi piling muolajasi haqida ham unutmaslik kerak. Qolaversa, terining elastik va tarang bo‘lishi uchun foydali kosmetik vositalardan foydalanish kerak.
Terining tonusiga javob beradigan kollagen oqsilining ishlab chiqarilishi 25 yoshdan keyin sekinlashadi, aynan shu sabab ham 30 yoshdan keyin nafaqat maxsus kosmetik vositalardan foydalanish, balki to‘g‘ri ovqatlanish va terini nafaqat usti, balki ichki tomondan ham namlantirib turish kerak.
30 yoshdan keyin terini parvarish qilish bo‘yicha 5 qoida:
Ajin tushishining oldini oladigan krem
Bunday kremning tarkibida foydali komponent va antioksidantlarga boyini xarid qiling.
Quyoshdan himoya qiluvchi kremdan foydalanishni unutmang
SPF-kremlarni nafaqat sohilda yoki yozda, balki boshqa kunlarda ham surtishni kanda qilmaslik kerak. Bu erta ajin va dog‘ tushishining oldini olibgina qolmay, melanoma profilaktikasi ham sanaladi.
Terini ichidan namlantirishni unutmang
Muntazam ravishda suv ichish bilan birga, maxsus vitamin va minerallar kompleksini qabul qilish kerak. Tarkibidagi vitamin, o‘simlik komponentlari terining salomatligi va go‘zalligini ta’minlaydi. Kompleks tarkibidagi kollagen peptidlari terining elastik bo‘lishiga hissa qo‘shib, ajinlarni kamaytiradi.
To‘g‘ri ovqatlaning
Ratsionda uglevod, oqsil va yog‘ga boy mahsulotlar bo‘lishiga e’tibor qarating. Teri salomatligi uchun ahamiyatli bo‘lgan yog‘lar yetishmaganda, teri avvalgidek elastik bo‘lmaydi va ajinlar paydo bo‘la boshlaydi.
Tiniqib uxlang
Haddan ortiq ko‘p yoki kam uxlash salomatlik, kayfiyat va teri ahvoliga salbiy ta’sir qilgani sabab olimlar 7 soat uxlash kerakligini ta’kidlaydi. Tiniqib uxlamaganda ko‘z ostida qora halqalar paydo bo‘ladi, teri so‘lg‘in va nosog‘lom ko‘rinadi. Ko‘p uxlaganda esa shishlar paydo bo‘ladi. Aynan shu sabab ham rejimga rioya qilib, kerakligicha uxlash kerak. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Rossiya tug‘ilish kam bo‘lgan hududlarning gubernatorlarini iste’foga chiqarishni boshlaydi