10:50 / 08.05.2021
3 799

Saida Rametova operatsiyadan muvaffaqiyatli chiqqani haqida so‘zlab berdi


Turkiyada «Mendirman Jaloliddin» serialida suratga tushayotgan vaqtida ko‘krak saratoniga chalinganidan xabar topgan aktrisa Saida Rametova operatsiyadan yaxshi chiqqani hamda ushbu kasallik bilan qanday kurashayotgani haqida so‘zlab berdi.

«Har bir inson bu hayotda umid bilan yashar ekan. Noumid bo‘lmaslik kerak. Oldimizga maqsadlar qo‘yib yashaymiz. Men ham mana shunday umidlarim, orzularim, maqsadlarim bilan qanot qoqayotgan qushga o‘xshayman. Osmon-u falaklarga uchgim keladi, to‘xtagim kelmaydi. Shunaqa qilib yashab kelayotgan edim. Hozir yana shuni davom ettiryapman. Chunki mana shu kasallikda agar men kasalman, desangiz, uyda o‘tirsangiz, hammani charchatsangiz, yoki har kuni yig‘i-sig‘i qilsangiz, endi bo‘ldi, hayotdan umidimni uzdim, hayotda yaxshi kunlarim qolmadi, deb o‘ylasangiz, xato qilasiz.

Eng avvalo Allohga tavakkal qilib, ko‘pga umr ber, ko‘p qatori bizga ham, deb yashashimiz kerak. Koronavirusdan opam, qayinsinglim, boshqa do‘st-u birodarlarimning o‘limi kasalligimni kuchaytirib yubordi. Men tabiatan ta’sirchanman, hamma narsani yuragimga olaman. Boshida men ham biroz qo‘rqdim, o‘z nomi bilan judayam xunuk bu kasal.

Lekin umid qilsangiz, hali men muxlislarimga kerakman, hali ijod qilaman, hali sahnaga chiqaman, bolalarimga kerakman, onamga, ukamga, opa-singillarimga kerakman, desangiz va katta-katta maqsadlar bilan yashasangiz, Allohni o‘zi umr ham berar ekan. Xudoga shukur mana, ximyalarni oldik, operatsiyalardan yaxshi o‘tdik. Albatta, san’atni tark etmayman, Xudo xohlasa, oxirgi nafasimgacha Allohdan 90-100 ga kiray, deb niyat qilaman. O‘shangacha sahnani tark etish yo‘q
», — deydi Saida Rametova.
Avvalroq aktrisaning o‘g‘li Aziz Rametov onasining operatsiyadan yaxshi chiqqanini ma’lum qilgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Saida Rametova operatsiyadan muvaffaqiyatli chiqqani haqida so‘zlab berdi