15:00 / 08.05.2021
3 072

Gollivud aktrisasi Sheron Stoun insult va klinik o‘limni boshidan o‘tkazganini so‘zlab berdi


Foto: «Film.ru»
Taniqli Gollivud aktrisasi Sheron Stoun Good Morning Britain shousida 2001 yilda insultni boshidan o‘tkazganini so‘zlab berdi, deb yozadi «Film.ru».

«Klinik o‘lim bo‘yicha tajribam bor va odamlar ushbu holatni turlicha izohlaydi. Ayrimlar ilmiy nuqtai nazardan muhokama qilsa, ba’zilar diniy tarafdan. Men ikkala versiyani ham hisobga olaman», — deydi Stoun.

«Bu men bilan sodir bo‘lganida odatda odamlar gapirganidek tunnel oxiridagi yorug‘lik va o‘z tanangizni tark etayotganiz kabi holatlarning barchasini his qildim. Mengacha ketib bo‘lgan insonlar bilan muloqot qilayotgandek edim go‘yo. Bu qandaydir efemer hissiyot: bizda diaolog yo‘q edi, ammo muloqot qilayotgandek bir-birimizni tushunardik», — deya oydinlik kiritadi aktrisa.

Stoun, shuningdek, shaxsiy shifokori sutkalab uning organizmiga sintetik geroin yuborgani va miyada diagnostik operatsiya o‘tkazishdan qoladigan ehtimoliy oqibatlarni tushuntirishdan bosh tortganini eslab o‘tgan: «U People jurnalidan faks olganini baqirardi. Shu onda uni ishdan haydashimga to‘g‘ri kelishini tushundim, chunki uni mijozining miyasidagi operatsiyadan ko‘ra, faks qiziqtirar edi».

Aktrisa insultga bog‘liq boshqa xotiralarini 2021 yilning mart oxirlarida nashrdan chiqqan The Beauty of Living Twice memuarlariga yozgan. Kitobning bir necha bobini u karerasida sodir bo‘lgan jinsiy zo‘ravonliklar va buning Gollivudda normal holatga aylanganiga bag‘ishlagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Gollivud aktrisasi Sheron Stoun insult va klinik o‘limni boshidan o‘tkazganini so‘zlab berdi