19:45 / 16.05.2021
3 011

Ushbu infeksiyalar bilan og‘rigan bo‘lsangiz, yuragingiz alohida parvarishni talab etadi


Foto: «Domashniy ochag»
Turmush tarzi, irsiyat, ovqatlanishning barchasi yurak salomatligiga ta’sir qiladi va yurak xuruji xavfini sezilarli darajada oshiradi. Ammo yurakka zararli deb hisoblangan yana bir omil mavjud, u infeksiyalardir. Shifokorlar agar quyidagi infeksiyalar bilan kasallangan bemorlar bo‘lsa, yurak salomatligiga e’tiborli bo‘lishini maslahat beradi.

Infeksiya yurakka qanday ta’sir qiladi?
Kardiologlarning fikriga ko‘ra, infeksiyalar yurak sog‘ligiga ikki yo‘l bilan ta’sir o‘tkazadi. Birinchisi, infeksiya doimo tanani intensiv ishlashga majbur qiladi va yurak zaiflashgan bo‘lsa, kuchaygan stress xurujni qo‘zg‘atish mumkin. Ikkinchidan, infeksiya tanadagi yallig‘lanish jarayonini keltirib chiqaradi, bu esa o‘z navbatida tomirlarda tromblarni paydo qiladi va qon aylanishida buzilishlarga olib keladi.

Gripp
Gripp infarkt va insult xavfini sezilarli darajada oshiradigan kasalliklardan biridir. Londonlik mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, tashxis qo‘yilganidan keyingi dastlabki kunlarda xavf keskin oshadi. Shuningdek, emlashlar xavfni kamaytirishga yordam beradi va nafaqat grippdan, balki yurak xurujidan ham himoya qiladi.

Bronxit
Ushbu nafas olish yo‘llari infeksiyasi yurak xurujini besh baravar, insultni uch barobarga oshiradi. Eng xavfli davr kasallikning ilk kunlari bo‘lib, organizm tiklanganidan keyingi uch oy ichida asta-sekin yo‘q bo‘lib ketadi. Shuning uchun bronxit bilan kasallangan bemorlar kamida uch oy yurak salomatligiga e’tiborli bo‘lishi zarur.

Pnevmoniya
Ma’lumotlarga ko‘ra, pnevmoniya bilan kasallangan bemorlarda yurak xuruji xavfi olti marta oshadi. Shuningdek, xavfning oshishi kasallikka chalingandan so‘ng kamida besh yil davomida saqlanib qoladi. Pnevmoniya bilan og‘rigan insonlar yurak bilan bog‘liq muammolarni e’tiborsiz qoldirmaslik kerak.

Peshob yo‘li infeksiyasi
Olib borilgan tadqiqotda 35 mingga yaqin bemor ishtirok etib, peshob yo‘li infeksiyasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yurak xuruji va insult xavfini 40 dan 150 foizgacha oshiradi.

Sepsis
Qonga infeksiya tushgan odamlarda yurak kasalliklari va insult xavfi tuzalgandan keyin ham anchagacha saqlanib qoladi. Chunki sepsis tizimli yallig‘lanishni keltirib chiqaradi. Ushbu infeksiya davolanganidan keyin tanada uzoq vaqt saqlanib qoladi va insult va infarktning rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Og‘iz bo‘shlig‘i infeksiyasi
Tish salomatligi yurak sog‘lig‘i bilan bevosita bog‘liq. Masalan, tish kasalliklari, gingivit va periodontit yurak kasalliklarini rivojlanish xavfini sezilarli darajada oshiradi. Shuning uchun tish shifokoriga yiliga ikki marta tashrif buyurish va og‘iz gigiyenasiga e’tiborli bo‘lish kerak. Bu bilan nafaqat og‘iz bo‘shlig‘i, balki yurakka ham g‘amxo‘rlik qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ushbu infeksiyalar bilan og‘rigan bo‘lsangiz, yuragingiz alohida parvarishni talab etadi