Foto: «Domashniy ochag»
Harakatsiz turmush tarzi va jismoniy faoliyatning yetishmasligi inson hayoti uchun ancha xavfli. Chunki yurak va qon tomir kasalliklarining rivojlanish xavfi bevosita harakatning yetishmasligi bilan bog‘liq. Ammo inson yetarlicha harakatda bo‘la olmayotganini qanday biladi? Quyidagi alomatlarni tekshirish orqali ushbu savolga javob topish mumkin.
Doimiy charchoq
Yetarlicha uxlash, xilma-xil ratsion, ammo tezda charchab qolish harakat yetishmasligining dastlabki alomati bo‘lishi mumkin. Jorjiya universitetining olib borgan tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, haftasiga uch marta 20 daqiqalik aerobika mashqlari energiya darajasini 20 foizga oshiradi. Bundan tashqari, ba’zi hollarda muntazam ravishda bajariladigan mashqlar charchoqni 65 foizga kamaytirishi mumkin, chunki bu bevosita markaziy asab tizimiga ta’sir qiladi. Shuning uchun inson qancha ko‘p charchayotgan bo‘lsa, shunga monand harakat qilishi ham kerak.
Kuchli xavotir
Harakatsiz turmush tarzi tashvish va tushkunlik darajasini oshirishi mumkin. Bu bir vaqtning o‘zida bir nechta tadqiqotlar bilan tasdiqlangan. Bundan tashqari, muntazam aerobika va kuch-quvvat mashqlari xavotirni sezilarli darajada kamaytirishi, depressiya alomatlarini bartaraf etishi va hatto sog‘ayishni tezlashtirishi isbotlangan. Albatta, xavotirning kuchayishi aniq bir faoliyatning yetishmasligidan dalolat beradi, deyish mumkin emas. Lekin hayot tarziga ozgina harakatchanlik qo‘shish va dinamikani kuzatib borish kerak.
Gormonal muvozanat
Harakatning yetishmasligi nafaqat yurak va qon tomirlarining sog‘lig‘iga, balki gormonlar muvozanatiga ham salbiy ta’sir qiladi. Tanadagi ortiqcha yog‘ estrogenning ko‘payishiga va testosteron yetishmasligiga olib kelishi mumkin. Bu hayot farovonligiga, albatta, ta’sir qiladi. Shu bilan birga, sport bilan shug‘ullanish gormonal muvozanatni normallashtirishga va jismoniy hamda ruhiy salomatlikni saqlashga yordam beradi.
Ovqat hazm qilish muammolari
Ichaklar dangasa bo‘lib, oshqozon ishdan chiqdimi? Darhol sport bilan shug‘ullanishni boshlash kerak. Aerobik mashqlar nafas olish va yurak urishini tezlashtiradi. Bu esa ichak mushaklarining qisqarishini yaxshilaydi. Yugurish, piyoda yurish, suzish – ushbu jismoniy mashqlar nafaqat yurak-qon tomir tizimiga, balki ichaklar faoliyatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Uyquda bezovtalik
Agar uxlash, kechasi uyg‘onish yoki ertalab turishda qiyinchiliklar bo‘lsa, bu ham harakat va faollik yetishmasligidan dalolat bo‘lishi mumkin. Yaqinda Sleyep Medicine’da o‘tkazilgan bir tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanadigan katta yoshdagi odamlar nofaollarga qaraganda o‘rtacha bir soat ko‘proq uxlaydi. Demak. hayot tarziga biroz jismoniy mashqlarni qo‘shish tiniqib uxlashga yordam beradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Olimlar psixoz tashxisini qo‘yishga yordam beradigan yangi biomarkerni aniqladi