– Qur’on eshitish salbiy his-tuyg‘ulardan (stresslardan) xalos etadi.
– tilovatning ovozli to‘lqini asab tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. – Qur’on eshitish bilan yurak kasalliklarini davolash mumkin.
– fikrni bir yerga jamlash qobiliyatini rivojlantiradi.
– saraton kabi surunkali kasalliklardan himoyalanishda, ularga qarshi kurashishda ѐrdam beradi.
– uyqusizlik, parishonxotirlik, behuda g‘azablanishga shifo bo‘ladi.
Xotira sustligidan shikoyat qiladiganlarga ko‘proq Qur’on o‘qish yoki eshitish tavsiya etiladi.
Abdudoim Kahil shunday degan: “To‘liq sog‘ayishni istagan bemor har kuni bir necha soat Qur’on eshitsin, imkoni boricha Qur’onga ko‘proq some bo‘lsin, oyatlarni tushunishga harakat qilsin. Zero, Qur’on mazmunini tushunish ham shifodir”.
Doktor Ahmad Qozi Amerika Qo‘shma Shtatlarida maxsus tajriba o‘tkazdi. Avvaliga o‘simlikka shovqin-suronli musiqa eshittirildi. Bunda salbiy ta’sir kuzatildi. Keyin odamlar tomonidan aytiladigan ѐmon so‘zlar eshittirildi. Bunda ham shunga o‘xshash natija qayd etildi. Oxirida o‘simlikka Qur’oni karim tilovati eshittirilganida o‘simlik gurkirab o‘sa boshladi... Faraz qiling: agar tuppa-tuzuk ishlab turgan kompyuteringizga virus tushsa nima bo‘ladi? Birdan yaxshi ishlamay qoladi, tezligi pasayadi. To‘g‘rimi? Bu virusni faqat maxsus dastur bilan tozalanadi. Shundan keyin kompyuter yana avvalgidek ishlay boshlaydi.
Insonni kompyuter deb faraz qilsak, undagi viruslar (miyadagi, qalbdagi illatlar) ilohiy dastur – Qur’oni karim ѐrdamida tozalanadi. O‘zingizni ѐmon his qilganingizda bir bor Qur’on eshitib ko‘ring, qanday rohatlanasiz! G‘amga botganingizda, dunѐ ko‘zingizga tor ko‘ringanida Kalomullohni butun vujudingiz bilan tinglang, g‘am-tashvishlarni biroz bo‘lsayam unutasiz.
Olimlar aniqlashicha, inson miyasi – tug‘ilganidan to umrining oxirigacha – maxsus dastur bo‘yicha ishlaydi. Bor-yo‘g‘i birgina salbiy ta’sir ham uning faoliyatini izdan chiqarishi mumkin. Buni qarangki, Alloh taolo nozil qilgan Qur’on miyadagi ana o‘sha dastur bilan to‘liq mos ekan! Arabmi, ajammi, kim bo‘lishidan qat’i nazar, Qur’on o‘qigan, eshitgan inson qalbi yayrashi, ruhiy bezovtalikdan qutulishi hikmati shunda bo‘lsa ajab emas!
“Qur’on – qalblar shifosi” kitobidan olindi
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi